Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekiston | 11:59 / 03.10.2018
29524
2 daqiqa o‘qiladi
Qanday banknota muomalaga yaroqsiz hisoblanadi?
O‘zbekistonda shikastlanish belgilari mavjud bo‘lgan ba'zi banknotalar muomalaga yaroqsiz hisoblanadi, deb yozmoqda “Huquqiy axborot” kanali.
Ular:
- bo‘laklarga ajratilgan, shu jumladan yopishtirilgan bo‘lsa;
- dastlabki rangi o‘zgargan yoki rangi o‘chgan bo‘lsa;
- yongan yoki kuygan holatda bo‘lsa;
- qonuniy to‘lov vositasi ekanligini ko‘rsatuvchi asosiy belgilaridan birining 50 foizidan ortiq qismiga moy, bo‘yoq yoki siyoh to‘kilgan bo‘lsa;
- banknotada kimyoviy reaktivlar ta'siri bo‘lsa;
- muayyan darajada qasddan shikastlangan holda tasvir (surat, portret) o‘zgartirilganda, nominali o‘zgartirilgan, himoya ipchalari olib tashlangan, katta hajmdagi yozuvlar bo‘lsa;
- banknotlar aniq bosma xatoga ega bo‘lgan (suv belgisi yoki himoya ipchalarining yo‘qligi yoki noto‘g‘ri joylashganligi), tasvirlari to‘liq bosilmagan yoki surkalib ketgan bo‘lsa;
- banknota geometrik o‘lchamining 3 mm ga teng yoki undan ortiqqa o‘zgargan bo‘lsa;
- banknota tasvirini (suratini, portretini, shaklini) aniqlash imkonini bermaydigan darajada sezilarli siyqalangan va ifloslangan bo‘lsa;
- o‘zining qattiqlik darajasini sezilarli darajada yo‘qotib, yumshoq holga kelgan banknotlar.
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish