Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Aziz Abduhakimov Fransiyaning eng yirik qurilish kompaniyasi vakili bilan uchrashdi
O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazir o‘rinbosari Aziz Abduhakimov Toshkent shahrida bo‘lib o‘tayotgan "Ipak yo‘lida turizm" ko‘rgazmasi doirasida Fransiyaning eng yirik qurilish kompaniyasi vakili Timur Jabua bilan hamkorlik istiqbollarini muhokama qildi. KUN.UZ muxbiri shu haqida xabar berdi.

Fransiyaning eng yirik qurilish kompaniyasi hisoblangan Vinci Construction Pragadagi Four seasons mehmonxonasi, Parijdagi U Arena stadioni va Ashxoboddagi Milliy park kabi loyihalarni amalga oshirgan.

Vinci Construction kompaniyasiga 1899 yilda asos solingan bo‘lib, u jahonning eng yirik qurilish pudratchilari sirasiga kiradi. Kompaniya turistik infratuzilma obektlari, xususan otel va mehmonxonalar qurilishi sohasida keng tanilgan.
Mavzuga oid
09:45 / 01.07.2026
Fransiyada Shengen vizasi olish tartibi o‘zgardi
08:17 / 30.06.2026
Saida Mirziyoyeva: Fransiya bilan strategik sheriklik yanada mustahkamlanadi
20:54 / 28.06.2026
Fransiyada parashyutchilar maktabiga qarashli samolyot qulashi oqibatida 11 kishi halok bo‘ldi
10:27 / 27.06.2026