Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
“Domodedovo” o‘rniga “Vnukovo”ga uchishni istamagan yo‘lovchilar aviachiptalarni jarimasiz qaytarib berishlari mumkin
“O‘zbekiston havo yo‘llari” MAK Moskvadagi aeroportning “Domodedovo”dan “Vnukovo”ga o‘zgartirilishi noqulaylik tug‘dirgan yo‘lovchilar aviachiptalarni jarimasiz qaytarib berishlari mumkinligini ma'lum qildi.
“Moskvadagi aeroportning “Domodedovo”dan “Vnukovo”ga o‘zgartirilishi tufayli noqulayliklar yuzaga kelganda, “O‘zbekiston havo yo‘llari” MAK Sizga uchish sanasi 2018 yilning 28 oktabridan boshlab O‘zbekistondan Moskvaga borish va qaytish bo‘yicha qatnovlarga olingan aviachiptalarni qo‘shimcha jarimalar to‘lamagan holda qaytarib berish imkonini beradi. Ushbu qoida uchish/qo‘nish punktida Domodedovo aeroporti ko‘rsatilgan aviachiptalarning butun amal qilish muddati davomida tatbiq etiladi”, deyiladi MAK xabarida.
Xabarda aytilishicha, aviachiptalarni ularni xarid qilgan joyda qaytarib topshirish mumkin. Onlayn xarid qilingan aviachiptalar, ular xarid qilingan servis yordamida belgilangan tartibda qaytariladi.
Eslatib o‘tamiz, 28 oktabrdan “O‘zbekiston havo yo‘llari” Milliy aviakompaniyasining O‘zbekistondan Moskva shahriga barcha reyslari “Domodedovo” aeroportidan “Vnukovo” aeroportiga o‘tkazilgandi.
Mavzuga oid
14:18 / 07.02.2026
Rossiya aviachipta bron qilishning Leonardo tizimini milliylashtirmoqchi
20:55 / 29.01.2026
Moskvaning «Domodedovo» aeroporti auksionda «Sheremetevo» aeroportiga sotildi
09:57 / 25.01.2026
Iqtisodiyotda kutilmagan o‘sish va pul o‘tkazmalarida yangi qoidalar - hafta dayjesti
15:20 / 21.01.2026