Jahon | 20:55
1701
3 daqiqa o‘qiladi

Moskvaning «Domodedovo» aeroporti auksionda «Sheremetevo» aeroportiga sotildi

Boshlang‘ich 132,265 milliard rubl (1,8 mlrd dollar) narxda auksionga chiqarilgan aeroport yakunda 66,132 milliard rublga (880 mln dollar) sotildi. Endi aeroportning yangi egasi 75 mlrd rubldan ortiq kredit qarzini ham to‘lashi kerak.

Foto: RIA Novosti

29 yanvar kuni bo‘lib o‘tgan auksion natijalariga ko‘ra, «Domodedovo» kompaniyasi aktivlarining yangi egasi «Perspektiva» MChJ bo‘ldi – u «Mejdunarodnyy aeroport Sheremetevo» kompaniyasi tarkibiga kiradi.

Sheremetevo tuzilmasi savdoga qo‘yilgan ikkita potensial xaridordan biri edi. Bundan tashqari, unda «Vnukovo» xalqaro aeroportining 100 foiz shu’ba korxonasi bo‘lgan «Moskovskiy mejdunarodnyy aeroport» ham ishtirok etdi.

Aktivlar faqat ikkinchi urinishda sotildi – birinchi savdolar 20 yanvarga belgilangan edi, biroq ular amalga oshmagan deb topildi: yagona da’vogar - yakka tartibdagi tadbirkor Yevgeniy Bogatiy savdoga qo‘yilmadi.

Xaridorlarga boshlang‘ich narxi 132,265 milliard rubl (1,8 mlrd dollar) bo‘lgan xoldingning 25 ta kompaniyasidan iborat lot taklif qilindi. Biroq, ikkinchi va muvaffaqiyatli sotish qiymatni pasaytirish yo‘li bilan amalga oshirildi – natijada, aeroport 66,132 milliard rublga (880 mln dollar) sotildi.

Yangi mulkdor Domodedovning qarz yuki masalasini ham hal qilishi kerak, bu uning savdolar natijasidagi qiymati bilan taqqoslanadi. «Bizdagi ma’lumotlarga ko‘ra, «Domodedovo» aeroporti 75 mlrd rubldan ortiq kredit qarzdorligiga ega. Joriy moliyaviy faoliyat jamiyatga qarz majburiyatlarini o‘z vaqtida va to‘liq qoplash imkonini bermaydi», deb ta’kidladi Sheremetevo vakillari.

2025 yil yanvar oyida Moskva viloyati hakamlik sudi Bosh prokuraturaning «Domodedovo» xoldingiga nisbatan da’vosini ro‘yxatdan o‘tkazdi. Guruh benefitsiarlari Dmitriy Kamenshchik va Valeriy Kogan ham u bo‘yicha javobgar bo‘ldi. Nazorat organining ta’kidlashicha, Kamenshchik va Kogan Turkiya, BAA va Isroil fuqarosi sifatida strategik aktivga egalik qilgan. Iyun oyida sud nazoratchilarning da’volarini to‘liq qanoatlantirib, aeroportni davlat foydasiga olib qo‘yildi.

«Sheremetevo» xalqaro aeroporti yo‘lovchi tashish hajmi bo‘yicha Rossiyaning eng yirik aeroporti bo‘lib, «Aeroflot» milliy aviatashuvchisi uchun bazaviy hisoblanadi. 2025 yil o‘n oyi yakunlariga ko‘ra, Sheremetevo 36,8 million yo‘lovchiga yoki Moskva havo bandargohidagi umumiy trafikning 59 foiziga xizmat ko‘rsatdi (Sheremetevo, Vnukovo va Domodedovani birlashtiradi; o‘n oy ichida uchta aeroport 62,4 million yo‘lovchiga xizmat ko‘rsatdi). «Domodedovo» aeroporti 2025 yil yakuniga ko‘ra, 13,8 million yo‘lovchiga xizmat ko‘rsatdi.

Сардор Юсупов
Tayyorlagan Сардор Юсупов

Mavzuga oid