Qozog‘istonlik davlat xizmatchilari ish joylariga smartfon olib kirish uchun haq to‘laydilar
Qozog‘istonda xizmat ma'lumotlarining sizib chiqishi holatlari ko‘paygani sababli davlat xizmatchilariga ishxonalariga smartfon olib kirish 2016 yil bahorida taqiqlangandi. 2 yildan ko‘proq vaqt davomida vazirliklar va idoralar xodimlari internetga chiqishi va kamerasi bo‘lmagan “tugmachali” telefonlardan foydalanishgan.
Endi kichik o‘lchamli texnik qurilma evaziga vazirliklar xodimlari ishlariga smartfon olib kelishlari mumkin. Davlat xizmatchilari messenjerlardan foydalanishlari va internetga kirishlari mumkin bo‘ladi. Biroq xizmat ma'lumoti sir saqlanishi maqsadida binolarga kirish vaqtida barcha smartfonlarning kameralari bloklanadi.
“Suratga yoki videoga olishga birorta imkoniyat bo‘lmaydi. Agar siz WhatsApp, Telegram’dan kirayotgan bo‘lsangiz ham, kamera binodan chiqmaguningizcha yoqilmaydi”, deb tushuntirgan Qozog‘iston axborotlashtirish va kommunikatsiyalar vazirligining raqamlashtirish departamenti vakili Bekbo‘lat Moldabekov. Shuningdek, smartfon ekranidan yozib olish va foto tugmasi yo‘qoladi.
“Bu dastur Qozog‘istonda ishlab chiqilgan va eng asosiysi bu mahalliy kompaniya va mahalliy dastur. Bu loyiha 2 haftadan beri axborot va kommunikatsiyalar vazirligida ishlamoqda”, deb aytgan “Zerde” milliy xoldingi vakili Ulan Bekish.
Dasturni yot odam yuklay olmaydi. Davlat xizmatchisi maxsus tizimda qayd qilinadi. Aytish joizki, telefonni blokdan chiqarish, ya'ni surat va videoga olish imkoniyatini boshqa qurilmada qaytarishga to‘g‘ri keladi.
Davlat xizmatchilari ish joylariga smartfon bilan birga kirish uchun har oy haq to‘lashlari kerak bo‘ladi. Hozirda ushbu qulaylik narxi o‘rnatilmoqda, biroq bu qiymat 500 tenge bo‘lishi kutilmoqda. Agar loyiha sinovi muvaffaqiyatli o‘tsa, unda smartfonlardan o‘z ish joylarida nafaqat davlat xizmatchilari, balki vazirlik va idoralarga keluvchilar ham foydalana olishadi.
Mavzuga oid
09:40 / 12.11.2024
«Forish» poligonida O‘zbekiston va Qozog‘iston harbiy mashg‘ulotlari boshlandi
20:54 / 11.11.2024
Qozog‘iston bahorda Markaziy Osiyo davlatlaridan 11 milliard kub metr suv oladi
20:06 / 11.11.2024
Qozog‘istonda yana 1 mlrd dollar noqonuniy aktivlar davlatga qaytarildi
17:25 / 11.11.2024