Fan-texnika | 15:21 / 04.10.2018
4613
2 daqiqa o‘qiladi

Odnoklassniki matnli e'lonlar uchun tagrasm qo‘yishni joriy etmoqda

Foto: Odnoklassniki 

Odnoklassniki ijtimoiy tarmog‘i foydalanuvchilar va guruhlar matnli e'lonlarini tagrasm bilan to‘ldirishga imkon beruvchi funksiyani ishga tushirmoqda. Postning yangi imkoniyatlari ko‘proq yangi, o‘ziga xos e'lonlarni yaratish, ijtimoiy tarmoq uchun esa OKda yorqin va betakror kontent hajmini ko‘paytirishga imkon beradi.

Xabar matnini yozishda foydalanuvchi yoki ma'murga o‘z e'lonini bezab, uni yangiliklar tasmasida yaqqolroq ko‘zga tashlanishi uchun rangli tagrasmni tanlash taklif etiladi. Tagrasmlar faqat 120 tagacha belgidan iborat xabarlar uchun qo‘yilishi mumkin.

Foto: Odnoklassniki 

Tagrasmli xabarlarni ijtimoiy tarmoqning desktopli va  mobil versiyalarida yaratish mumkin. Yaqin kunlarda tagrasmli matnni OKning iOS va Android uchun ilovalarida ham e'lon qilish mumkin bo‘ladi.

Odnoklassnikidagi matni xabarlar uchun tagrasmlarni joriy etilishini Disney, MGTS, Bilayn, MTS, Prology, Tinkoff, Tinkoff-Jurnal singari yirik brendlar qo‘llab-quvvatlashdi, ROTsIT va BigPikcha.ru esa guruhlarida o‘zlari yaratgan brend rasmlar manzarasida postlar qanday ko‘rinish olishi mumkinligini namoyish qilishdi.

Foto: Odnoklassniki 

O‘tgan yil ijtimoiy tarmoqda rangli tagrasmli va yirik shriftli matnlarni e'lon qilish imkoniyati paydo bo‘ldi. Xuddi o‘sha paytda OK «Kayfiyat» deb nomlangan e'lonlarning yangi formatini ishga tushirdi, endi foydalanuvchilar do‘stlari va obunachilari bilan o‘zining «Baxtliman», «Sovg‘a olishni istayman», «Zerikyapman», «Bayram qilyapman» singari kayfiyatni o‘rtoqlashish imkoniga ega bo‘lishdi.

Mavzuga oid