Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekiston va Hindiston innovatsion va koinot texnologiyalari sohasida hamkorlik qiladi
O‘zbekiston va Hindiston dasturiy va innovatsion mahsulotlar texnologik parkini tashkil etishi mumkin.
Ma'lum qilinishicha, O‘zbekiston Hindistonning dasturiy texnologiyalari parklari jamiyati (STPI) bilan dasturiy mahsulotlar va vositalarni ishlab chiqish uchun zamonaviy maydonlarni tashkil etish va rivojlantirish bo‘yicha hamkorlik qilmoqchi.
Hindistonlik hamkorlarga STPI tajribasi negizida dasturiy va innovatsion mahsulotlar texnoparkini tashkil etish imkoniyatini ko‘rib chiqish taklif etilgan.
STPI 1991 yilda dasturiy ta'minot eksportini rag‘batlantirish maqsadida tashkil etilgan. U eksportchilarga mahsulotlarni ilgari surish bo‘yicha huquqiy va boshqa xizmatlar ko‘rsatadi, axborot texnologiyalari sohasida tadbirkorlik uchun qulay sharoitlarni yaratish yo‘li bilan mikro, kichik va o‘rta tadbirkorlar faoliyatini rag‘batlantiradi.
O‘zbekiston va Hindiston o‘rtasida, shuningdek, koinotdan tinch maqsadlarda foydalanish va uni tadqiq qilishda hamkorlik bo‘yicha kelishuv imzolangan.
Kelishuvga ko‘ra, O‘zbekiston axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi Hindistonning koinot tadqiqotlari tashkiloti (ISRO) bilan ushbu soha bo‘yicha birgalikda ishlar olib boradi.
ISRO Hindiston koinot tadqiqotlari departamentiga qarashli milliy koinot agentligi bo‘lib, uning xodimlari soni 20 mingga yaqin kishini tashkil qiladi.
Mavzuga oid
20:41 / 01.07.2026
NASA Oydagi birinchi doimiy baza qurilishiga yuz millionlab dollar sarmoya kiritdi
11:04 / 30.06.2026
O‘zbekistonda yashayotganiga 1 yildan oshgan har to‘rt nafar xorijlikdan biri – hindistonlik
10:15 / 17.06.2026
O‘zbekistonda 10 yoshdan katta aholining qariyb barchasi mobil telefon ishlatadi
18:39 / 16.06.2026