Jahon | 16:12 / 05.10.2018
6832
3 daqiqa o‘qiladi

Bloomberg: Yevropaga Makronning muvaffaqiyati kerak

Foto: Aurelien Morissard/IP3

Fransiya prezidenti Emmanuel Makron 2017 yilda lavozimiga kirishganidan beri ko‘plab jasoratli qadamlar qo‘ydi, deya yozadi Bloomberg agentligi.

Bir yil davomida Fransiya rahbari iqtisodiyotni modernizatsiya qilib, mehnat bozoridagi amaldagi qoidalarni yumshatdi. U tadbirkorlarga soliqlarni pasaytirdi hamda oliy ta'lim tizimini nisbatan erkinlashtirdi, deya ta'kidlaydi agentlik.

Uning hukumati yangi byudjyeti o‘n yildan ko‘proq vaqt oldin Fransiyada joriy etilgan soliqlar ancha yirik miqdorda qisqartirishni o‘z ichiga oladi.

Biroq, Fransiya jamoatchiligi Makron harakatlaridan mamnun emas. Uni ma'qullash reytingi bir necha oy davomida qisqarib bordi, bu esa prezidentning islohotlar o‘tkazish bo‘yicha katta rejalarini to‘xtatib turish va Yevropadagi obro‘sining zaiflashishi bilan tahdid qildi. Yevropada u o‘zini liberal qadriyatlar uchun asosiy himoyachi sifatida ko‘rsatib keladi.

Agentlikning ta'kidlashicha, Fransiyaning raqobatbardoshligi, shuningdek, Makron mamlakat ichida o‘z obro‘sini mustahkamlashi Yevropaning kelajagi uchun muhim ahamiyatga ega. Buning uchun u o‘z boshqaruvining uslubi haqidagi tanqidlarga quloq tutishi va xatolaridan xulosa chiqarishga tayyorligini ko‘rsatishi kerak.

Fransiya rahbarining bahsli islohotlari bo‘yicha sekin o‘sish kutilmagan xatolar tufayli yanada kuchaydi. Shu tariqa, Makron Parijdagi birinchi may namoyishi paytida namoyishchini kaltaklagan paytda videoga tushgan o‘zining tansoqchisini ishdan bo‘shatishga shoshilmadi. Keyinchalik u o‘z saylovchilar bilan muloqot qilishda xatoga yo‘l qo‘ydi. Misol uchun, ish topishga qiynalayotgan ishsiz bog‘bonni Makron yetarlicha harakat qilmaganlikda aybladi. Bularning barchasi Fransiya prezidentining siyosiy kapitaliga ta'sir ko‘rsatdi, deya bildiradi Bloomberg.

Biroq, Makron islohotchi sifatidagi o‘z ambitsiyalarini pasaytirishi kerak emas, Fransiya rahbari o‘z yetakchilik uslubini o‘zgartirishi va saylovchilarga ularni tushunishini ko‘rsatib berishi lozim, deya xulosa qiladi Bloomberg.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Makron BMT Bosh assambleyasida Trampni sezilmaydigan qilib tanqid ostiga olgani xabar berilgandi.

Mavzuga oid