Fransiya prezidenti Emmanuel Makron Nyu-Yorkdagi BMT Boş assambleyasi yiğilişi vaqtida AQŞ prezidenti Donald Trampning «Eron rejimini ajratib qöyiş» zarurligi haqidagi sözlariga tanqid bilan javob qaytardi, biroq Qöşma Ştatlar yoki mamlakat yetakçisi nomini tilga olmadi. Bu haqda Fransiyaning Le Monde gazetasi yozmoqda.
Amerika rahbari BMT Boş assambleyasi yiğilişi vaqtida Eronni «yakkalatib qöyiş» zarurligini ta'kidladi. Öz navbatida, uning fransiyalik hamkasbi Eron inqirozini hal qilişda «muloqot va köp tomonlama yondaşuv»ga çaqirdi, deb yozadi gazeta.
«Bu bir tomonlama yöl bizni bevosita ziddiyat hamda mojarolarga olib boradi, bunda barça zarar köradi, hattoki özini eng kuçli deb hisoblaydiganlar ham ma'lum bir qiyinçiliklarga duç keladi», - deya aytib ötdi Makron. U heç kimning nomini tilga olmagan.
Şundan söng, Fransiya prezidentining qöşimça qilişiça, «bir tomonlama bosim» Erondagi vaziyatni barqarorlaştiriş jarayonini boşlaş uçun yordam bermaydi, deya ta'kidlaydi naşr.
Şuningdek, Makron mamlakatlarni iqlim böyiça Parij kelişuvi şartlarini bajarmayotgan davlatlar bilan savdo bitimlarini imzolamaslikka çaqirdi. Bunda ham u kelişuvni 2017 yilda tark etgan Qöşma Ştatlar nomini aytmagan.
Bundan taşqari, Fransiya prezidenti Amerika yetakçisini Eronga neft eksportini davom ettiriş imkonini berişga çaqirib, buni jahondagi neft narxlarini qöllab-quvvatlaş, deb izohladi.
Eslatib ötamiz, avvalroq Tramp va Makron örtasidagi munosabatlar sovuqlaşgani aytilgandi.












