08:50 / 06.10.2018
5938

G‘azo sektorida jarohat olgan falastinliklar soni 370 kishidan oshdi

Foto: AFP

Isroil armiyasi bilan to‘qnashuvlar natijasida G‘azo sektori chegarasida kamida 376 nafar falastinlik jarohatlandi. Bu haqda WAFA xabar bermoqda.

Agentlik ma'lumotlariga ko‘ra, to‘qnashuvlar oqibatida uch kishi halok bo‘lgan.

Ta'kidlanishicha, Isroil harbiylari falastinliklarga qarshi o‘qotar qurollardan foydalanmoqda.

Avvalroq, G‘azo sektori chegarasida Isroil armiyasi bilan to‘qnashuvlarda 20 mingga yaqin odam ishtirok etayotgani haqida xabarlar tarqalgandi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Vashingtonda Falastinni ozod qilish tashkiloti ofisi yopilgandi

Mavzuga oid
Top