Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Afg‘onistonda jangarilar bilan to‘qnashuvlarda 14 politsiyachi halok bo‘ldi
Afg‘onistonning Vardaq viloyatida “Tolibon” jangarilari bilan to‘qnashuvlar davomida kamida 14 politsiyachi, jumladan mahalliy politsiya boshlig‘i halok bo‘ldi. Bu haqda TOLOnews telekanali ma'lum qildi.
Ma'lum qilinishicha, Said Obod uyezdidagi ba'zi nazorat-o‘tkazish punktlari jangarilar tomonidan bosib olingan. Ta'kidlanishicha, to‘qnashuvlar davom etmoqda.
Toliblar 6 oktabr kechki vaqt Kobuldan 85 km janubda joylashgan Said Obod uyezdiga hujum qilishgan.
“Toliblar yaqinda qurib bitkazilgan nazorat-o‘tkazish punktini vayron qilishib, shaharning ba'zi qismlarida energiya ta'minotini uzib qo‘yishgan. Hukumat qo‘shinlari jangarilarni shaharga qo‘ymaslik uchun ularga qarshi urishmoqda”, deb ma'lum qilgan Vardaq viloyati gubernatori vakili Abdulrahmon Mangal.
Mavzuga oid
10:58 / 26.01.2026
Britaniyada “FTBga o‘xshash” politsiya xizmati paydo bo‘ladi
18:35 / 18.01.2026
«Tolibon» elitasidagi bo‘linish: jurnalistlar internet masalasidagi manfaatlar to‘qnashuvini ochib berdi
12:09 / 13.01.2026
Ispaniya politsiyasi 10 tonna kokain yuklangan kemani qo‘lga oldi
09:20 / 02.01.2026