Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Erdo‘g‘an saudiyalik jurnalistning yo‘qolishi tergovini shaxsan kuzatib borishini ma'lum qildi
Foto: Ozan Kose / AFP / Scanpix / LETA
Bir necha kun avval Turkiyada bedarak yo‘qolgan, kelib chiqishi saudiyalik bo‘lgan jurnalist Jamol Qoshiqchi Saudiya Arabistonining Istanbuldagi bosh konsulligida o‘ldirilgan bo‘lishi mumkin. Bu haqda Turkiya prezidentining maslahatchisi Yasin Aktay ma'lum qildi.
Aktayning ta'kidlashicha, bu qotillikka jurnalist yo‘qolgan kundan bir kun avval Istanbulga kelgan 15 saudiyalikdan iborat guruh aloqadordir.
“Menda go‘yoki u o‘ldirilgandek his bor. Saudiyaliklar tergov uchun kelishimiz mumkinligini aytishmoqda, biroq ular allaqachon jasaddan qutulishgan”, deb aytgan Aktay. U Saudiya Arabistoni tomonining kuzatuv kameralaridan yozuvlar yo‘qligi haqidagi gaplarini ikkiyuzlamachilik deb atagan.
Jurnalist 2 oktabrda Saudiya Arabistonining Istanbuldagi bosh konsulligiga kelgach izsiz g‘oyib bo‘lgan. Qoshiqchi bilan birga konsullikka kelgan, biroq ichkariga kiritilmagan qallig‘iga 5 soat o‘tgach, bo‘lajak turmush o‘rtog‘i konsullikni tark etgani ma'lum qilingan. Biroq keyinroq ayol bu ma'lumotga ishonmasligini aytgan.
6 oktabrda Turkiya politsiyasi jurnalistning bosh konsullikda o‘ldirilgani taxminini ko‘rib chiqayotgani ma'lum qilingan.
Bu orada Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘an jurnalistning yo‘qolishi tergovi ortidan shaxsan o‘zi kuzatishini va ushbu voqeaning ijobiy yakun topishiga umid qilishini aytgan.
“Bunday hodisa bizning davlatimizda sodir bo‘lgani juda qayg‘ulidir. Men yoqimsiz vaziyatga duch kelmasligimizga hamon umid qilmoqdaman. Prokuraturadan natijalarni kutib qolamiz. Biz bu ma'lumotlarni iloji boricha tezroq olmoqchimiz. Natijalar qanday bo‘lmasin, biz u haqda ma'lum qilamiz”, deb aytgan Erdo‘g‘an jurnalistlarga.
Mavzuga oid
22:53 / 27.01.2026
Saudiya Arabistoni ulkan Mukaab kubi loyihasini muzlatib qo‘ydi – OAV
14:20 / 24.01.2026
O‘zbekistonda Saudiya Arabistonining yangi elchisi ish boshladi
18:39 / 16.01.2026
Saudiya Arabistonida keksa erkak vafot etdi, oilasi uning 142 yoshda ekanini da’vo qilmoqda
20:57 / 15.01.2026