Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Braziliyadagi umumiy saylovlarda davomat oxirgi 20 yil ichidagi eng pasti bo‘ldi
7 oktabrda Braziliyada o‘tgan saylovlarda oxirgi 20 yil ichidagi eng past davomat qayd qilindi: ovoz berish huquqiga ega bo‘lgan 147 mln kishidan 30 mlni bu huquqdan foydalanmagan.
Saylovlar natijalariga ko‘ra, davomat 80 foizdan kamroqni, saylovlarda ishtirok etmaganlar 20,3 foizni tashkil qilgan. Bungacha eng past davomat 1998 yildagi saylovlarda qayd qilingan bo‘lib, unda 21,5 foiz saylovchi qatnashmagan.
Braziliya oliy saylov sudi ma'lumotlariga ko‘ra, bo‘lib o‘tgan saylovlarda 147,3 mln kishi ovoz berish huquqiga ega bo‘lgan. Braziliyada 18 yoshdan 70 yoshgacha bo‘lganlar uchun saylovlarda ishtirok etish majburiy hisoblanadi, saylovlarda qatnashmaganlik uchun jarima ramziy bo‘lib, 1 dollarga yaqinni tashkil qiladi. Saylovlarda 16-17 yoshlilar, 70 yoshdan kattalar va savodsizlar ham ishtirok etishi mumkin.
Braziliyadagi umumiy saylovlarda yangi prezident, gubernatorlar va parlament deputatlari saylandi. Prezident lavozimi uchun saylovlarning 1-turida g‘olib aniqlanmadi va endi 28 oktabrda 2-tur o‘tkaziladi. Unda 46 foiz to‘plagan Jair Bolsonaru va 29,3 foiz to‘plagan Fernandu Addad kurash olib boradi.
Mavzuga oid
18:52 / 24.06.2026
Chexlarga sensatsiya kerak, Braziliya va Koreyaga durang ham yetadi. A, V va C guruhlarida vaziyat qanday?
09:45 / 17.06.2026
Braziliya sobiq prezidentining o‘g‘li qamoq jazosiga hukm qilindi
20:23 / 15.06.2026
Braziliyadagi attraksionda ayol 40 metr balandlikdan xavfsizlik arqonisiz otib yuborildi
08:49 / 15.06.2026