Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Toshkentda GRBS xalqaro o‘quv va imtihon markazining Osiyodagi ilk filiali ochildi
Ozarbayjon Respublikasining O‘zbekistondagi elchixonasi va Toshkentdagi Haydar Aliyev Madaniyat Markazi tashkiliy ko‘magida akkreditatsiyadan o‘tkazilgan GRBS® xalqaro o‘quv va imtihon markazining rasmiy ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi. Tadbirda ishtirok etgan KUN.UZ muxbiri shu haqida xabar berdi.
Marosimida Ozarbayjon Respublikasining Yurtimizdagi elchisi Huseyn Guliyev va xalqaro o‘quv va imtihon markazi rektori Bahrom Qurbonov ham ishtirok etdi.
Ochilish marosimida markaz rektori tomonidan xalqaro o‘quv va imtihon markazi, uning faoliyati bo‘yicha mehmonlarga ma’lumot berildi. Shundan so‘ng GRBS® bo‘ylab qiziqarli sayohat tashkil etildi.
GRBS® 2005 yildan buyon faoliyat yurituvchi Ozarbayjonning ta’lim va ma’naviyat-axborot markazi bo‘lib, ASSA, NEBOSH, PMI, Pearson VUE, Kryterion, CiSCO Academy, ETS, Prometric, Kryterion, BSI, CiSCO, MICROSOFT kabi nufuzli kompaniyalar tomonidan akkreditatsiyadan o‘tgan.
Buxgalteriya hisobi, loyiha boshqaruvi, mehnat muhofazasi va xavfsizligi, axborot texnologiyalari va boshqa sohalar bo‘yicha xalqaro va mahalliy kurslarni tashkil etish, turli fan va yo‘nalishlarda 300dan ortiq professional treninglar, chet tillari bo‘yicha kurslar, PEARSON RTe, IELTS, TOEFL, GMAT, GRE, SAT va boshqa xalqaro imtihonlar o‘tkazish,xorijda ta’lim va migratsiya xizmatlari ko‘rsatish hamda turli sohalarda kompyuter imtihonlarini tashkil etish tashkilotning faoliyat yo‘nalishlariga kiradi.
Bundan tashqari, GRBS® so‘nggi 8 yil davomida rasmiy IELTS imtihon markazi sifatida Ozarbayjonning to‘rtta shahrida imtihonlar o‘tkazdi.
International Business School oliy ta’lim muassasasining tashkil etilganligi tashkilotning ushbu davrdagi eng katta muvaffaqiyati hisoblanadi.
Ushbu oliy dargohda franchayzing shartnomasiga muvofiq tashkil etilgan, dunyoda eng keng tarqalgan “Vatel - Hotel & Tourism Management School“ tarmog‘i turizm va mehmonxona boshqaruvi sohasida xalqaro va professional xodimlar tayyorlash bilan shug‘ullanadi.
Xalqaro o‘quv va imtihon markazining Toshkent shahri Taras Shevchenko ko‘chasi 21-uyda joylashgan filiali eng yangi texnologiyalar bilan jihozlangan va zamonaviy moddiy-texnika bazasiga ega bo‘lib, davlat va xususiy tuzilmalarga yuqoridagi xizmatlarning barchasini taqdim etadi, deydi Bahrom Qurbonov.
Shuningdek, Mehribonlik uyi tarbiyalanuvchilariga GRBS®xalqaro o‘quv va imtihon markazida tahsil olish uchun alohida maxsus bonuslar taqdim etiladi.
GRBS® xalqaro o‘quv va imtihon markazining ochilishi Ozarbayjon va O‘zbekiston o‘rtasida do‘stona aloqalarni rivojlantirishga ko‘mak beradi, madaniy va ijtimoiy aloqalarni mustahkamlashda, shuningdek, O‘zbekistonning malakali va xalqaro malakali mutaxassislar orqali jahon loyihalariga integratsiyalashuvida muhim rol o‘ynaydi.
Telefon: (+99878) 129-19-19
Email: info.tashkent@grbs.com
Facebook: https://www.facebook.com/grbsuzbekistan
Instagram: https://www.instagram.com/grbs_uzbekistan
Tavsiya etamiz
„Uchastkavoy“ prezident bilan uchrashuvda kapitanga aylandi
O‘zbekiston | 15:27 / 11.07.2025
Tramp: NATO Ukraina uchun AQShdan qurol sotib oladi
Jahon | 11:21 / 11.07.2025
Eldor Shomurodov Turkiya klubiga o‘tdi
Sport | 11:12 / 11.07.2025
Taekvondochi Ulug‘bek Rashidov ikki yilga diskvalifikatsiya qilindi
Sport | 11:00 / 11.07.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Har yakshanba kunlari Toshkentdan Maldivga to‘g‘ridan to‘g‘ri reyslar
O‘zbekiston | 09:00 / 11.07.2025
-
Putin Zelenskiy bilan faqat Ukraina taslim bo‘lgan taqdirdagina uchrashishga rozi bo‘ladi – Kislitsa
Jahon | 23:38 / 12.07.2025
-
Italiya mafiyasining Lotin Amerikasidagi yetakchisi qo‘lga olindi
Jahon | 23:21 / 12.07.2025
-
Fransiya tarkibida Yangi Kaledoniya davlati tashkil qilinadi
Jahon | 22:41 / 12.07.2025
Mavzuga oid

21:30 / 02.07.2025
Bokuda 8,5 gektar maydonda «O‘zbekiston» bog‘i barpo etiladi

13:39 / 02.06.2025
O‘zbekiston universitetlariga Britaniyadan professor-o‘qituvchilar jalb qilinadi

19:02 / 22.05.2025
Rossiyada xitoylik va o‘zbekistonlik ishchilar ommaviy mushtlashdi

14:10 / 14.05.2025