Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Google+ ijtimoiy tarmog‘i foydalanuvchilar uchun yopilmoqchi
Foto: AFP 2018 / Prakash Singh
Google kompaniyasi o‘zining Google+ ijtimoiy tarmog‘ini individual foydalanuvchilar uchun yopadi. Kompaniyada ta'kidlanishicha, bu jarayon 10 oy vaqt oladi.
“Ijtimoiy tarmoqni qo‘llab-quvvatlashning qiyinligi va Google+’ning foydalanuvchilar uchun versiyasi ommaviyligi juda pastligi sababli uni yopishga qaror qildik”, deb aytilgan xabarda. Foydalanuvchilar o‘z ma'lumotlarini saqlash va ko‘chirib o‘tkazish bo‘yicha yo‘riqnomalar olishadi.
Kompaniyada ta'kidlanishicha, servisga tashrif buyuruvchilarning 90 foizi unda bor-yo‘g‘i 5 soniya vaqt o‘tkazishgan. Shuningdek, Google+ 500 mingdan ko‘proq akkauntdagi ma'lumotlarni qamrab olgan bo‘lishi mumkin bo‘lgan xatolikka egaligi ma'lum qilingan.
Ushbu xatolik dasturchilarga 2015 yildan xato topilib, bartaraf etilgan 2018 yil martigacha foydalanuvchilarning yashirin ma'lumotlariga kirish imkonini bergan. Dasturdagi xatodan 438 ta boshqa dastur foydalangan bo‘lishi mumkin, biroq ulardan birortasi bu xatodan foydalangani va dasturchilar bu xatoni bilishganining birorta isboti yo‘q.
Mavzuga oid
08:52 / 27.01.2026
Fransiya 15 yoshgacha bo‘lgan bolalar uchun ijtimoiy tarmoqlarni taqiqlamoqchi
20:34 / 16.01.2026
Avstraliya ijtimoiy tarmoqlarda bolalar davrini to‘xtatdi: qariyb 5 million akkaunt cheklandi
14:25 / 28.05.2022
Senat O‘zbekistonda milliy messenjer va ijtimoiy tarmoq yaratilmaganini tanqid qildi
17:15 / 17.03.2022