Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Xivaga sayyohlar uchun elektromobillar keltirildi
Foto: Avtomobil transport agentligi matbuot xizmati
O‘zbekiston Respublikasi prezidentining 2017 yil 4 maydagi «2017-2021 yillarda Xorazm viloyati va Xiva shahrining turizm salohiyatini kompleks rivojlantirish Dasturi to‘g‘risida»gi PQ-2953 sonli qarorida «Ichan-qal'a» davlat muzey-qo‘riqxonasi va «Dishan-qal'a»da ekskursiyalarni tashkil qilish uchun 4 dona elektromobil sotib olish vazifalari belgilangan.
Avtomobil transport agentligi matbuot xizmati xabariga ko‘ra, shu yilning 19 iyul kuni Xiva shahridagi «Qora ko‘z trans» MChJ bilan Xitoy Xalq Respublikasidagi «WUZHONG COMPANI LIMITED» firmasi o‘rtasida 4 dona elektromobil sotib olish yuzasidan shartnoma imzolangan.
Ushbu shartnomaga asosan TIF Milliy bank tomonidan ajratilgan kredit mablag‘lari hisobiga jami qiymati 37 820 AQSh dollari miqdorida 4 dona elektromobil 2018 yilning 30 sentabr kuni Xiva shahrida faoliyat ko‘rsatayotgan «Qora ko‘z trans» MChJ tomonidan Xiva shahriga olib kelindi. Elektromobillar 14 yo‘lovchiga mo‘ljallangan o‘rindiqlar bilan jihozlangan.
Olib kelingan elektromobillar Xiva shahriga tashrif buyuradigan sayyohlarga xizmat ko‘rsatishi belgilangan.
Mavzuga oid
08:41 / 24.12.2025
Xivada IIB xodimi pora olayotganda ashyoviy dalillar bilan ushlandi
21:05 / 21.11.2025
Turizm qo‘mitasi tashkil etildi
22:01 / 22.10.2025
Xiva National Geographic tomonidan sayohat uchun eng yaxshi yo‘nalishlar ro‘yxatiga kiritildi
17:21 / 18.10.2025