Tinchlik uchun Nobel mukofoti sovrindori genotsidga qarshi kurashishga chaqirdi
2018 yilgi tinchlik uchun Nobel mukofoti sovrindori Nadya Murad Vashingtondagi press-klubda barcha davlatlar hukumatlarini genotsid va jinsiy zo‘ravonlikka qarshi kurashishga chaqirdi.
“Men barcha hukumatlarni genotsid va jinsiy zo‘ravonlikka qarshi kurashishda menga qo‘shilishga chaqiraman. Ixtiloflar hududida, shaharlarimiz va aholi punktlarimizda zo‘ravonlik tugashi uchun dunyo ma'naviy va huquqiy javobgarlikka ega bo‘lishi hamda ayblanuvchilar tegishli va qat'iy jazoga tortilishlarini ta'minlash lozim”, deb aytgan Murad.
Yezid xalqiga mansub ayol “yezidlar o‘z dini sababli genotsidga uchrashini” ta'kidlab o‘tdi va bu IShID holatida hamda avvalgi yuz yilliklar davomida yuz bermoqda.
“Bir mukofot yoki bir kishi bu muammoni hal qila olmaydi, urushdan barbod bo‘lgan hududlarga hayotni qaytarish uchun xalqaro hamjamiyat sa'y-harakatlari, xalqaro tashkilotlar yordami, ayollar va yoshlar ishtiroki, jabrdiydalarning o‘zining ishtiroki zarur”, deb aytgan faol.
Murad olgan pul mukofoti muhtojlarga yordam ko‘rsatishga yetmasa-da, u bu mablag‘ni ushbu ishni davom ettirishga yo‘naltirishini aytgan. Ayol uning hamyurtlari va boshqa odamlarga qarshi jinoyatlar sodir etayotgan terrorchilarga odil sudlov va jazoni istashini aytgan.
2018 yilgi tinchlik uchun Nobel mukofoti kongolik shifokor-ginekolog Denis Mukvege va iroqlik faol Nadya Muradga urushlar vaqtidagi jinsiy zo‘ravonlikka qarshi kurashlari uchun topshirildi. Muradning o‘zi IShID terrorchilik guruhi tomonidan jinsiy qullikni boshdan kechirgan va bugungi kunda urush vaqtida jinsiy zo‘ravonlikka uchraganlarga e'tibor qaratish bo‘yicha jamoat ishini olib boradi.
Mavzuga oid
19:41 / 18.10.2024
Makron yana bir bor Isroilni Livandagi harakatlarini to‘xtatishga chaqirdi
23:37 / 17.10.2024
Estoniya qrimtatarlarning deportatsiyasini genotsid deb tan oldi
21:46 / 23.05.2024
BMT Srebrenitsadagi 1995 yilgi qirg‘inni genotsid deb tan oldi
12:57 / 10.04.2024