Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Rossiya Jinoyat kodeksiga “sovet xalqi genotsidi” bo‘yicha yangi moddalar kiritilmoqda
Rossiya Davlat dumasi Jinoyat kodeksiga Ikkinchi jahon urushi yillaridagi “sovet xalqi genotsidini inkor etish yoki ma’qullash”, shuningdek, “genotsid qurbonlari xotirasini haqorat qilish” uchun jazo belgilaydigan tuzatishlarni uchinchi o‘qishda qabul qildi.
Foto: Oleg Yakovlev / RBK
Rossiya Davlat dumasi “Ulug‘ Vatan urushi yillarida natsistlar tomonidan sovet xalqiga qarshi sodir etilgan genotsidni inkor etish yoki ma’qullash, shuningdek, genotsid qurbonlari xotirasini haqorat qilish” uchun jinoiy javobgarlik joriy etish haqidagi qonunni qabul qildi. Qonun loyihasining ikkinchi va uchinchi, ya’ni yakuniy o‘qishlari 24 mart, seshanba kuni bo‘lib o‘tdi. Birinchi o‘qish esa 26 fevralda o‘tkazilgan edi.
Ikkinchi o‘qishga kelib, qonun loyihasiga yana bir tuzatish ham kiritildi. Unga ko‘ra, Rossiya tashqarisida joylashgan “sovet xalqi genotsidi qurbonlari dafn etilgan joylarni yo‘q qilish, shikastlash yoki haqoratlash” uchun ham jinoiy javobgarlik belgilanishi nazarda tutilmoqda.
Tegishli o‘zgartishlar Rossiya Federatsiyasi Jinoyat kodeksining 243.4- va 354.1-moddalariga kiritilishi taklif etilmoqda. Unga ko‘ra, mos ravishda 2 milliondan 5 million rublgacha jarima, besh yilgacha majburiy mehnat yoki shu muddatgacha ozodlikdan mahrum qilish, shuningdek, 3 million rublgacha jarima, majburiy mehnat yoki uch yilgacha ozodlikdan mahrum qilish jazosi ko‘zda tutilgan.
Qonun Rossiya prezidenti Vladimir Putin imzolab, rasman e’lon qilinganidan keyin 10 kun o‘tib kuchga kiradi.
2022 yil aprelida Putin SSSR va natsistik Germaniyaning maqsadlari hamda harakatlarini “ochiqcha tenglashtirish”, shuningdek, Ikkinchi jahon urushida SSSRning “hal qiluvchi roli” va “insoniylik missiyasi”ni inkor etish uchun ma’muriy javobgarlik belgilaydigan qonunni imzolagan edi.
Qonunbuzarlarga 1000 rubldan 2000 rublgacha jarima yoki 15 sutkagacha qamoq jazosi tahdid qiladi. Mansabdor shaxslar uchun jarima 2000 rubldan 4000 rublgacha, yuridik shaxslar uchun esa 10 000 rubldan 50 000 rublgacha etib belgilangan.
Qoida takroran buzilgan taqdirda, fuqarolar uchun jarima 5000 rublgacha, mansabdor shaxslar uchun 20 000 rublgacha, yuridik shaxslar uchun esa 100 000 rublgacha oshiriladi. Bundan tashqari, mansabdor shaxslarga olti oydan bir yilgacha lavozim egallash huquqidan mahrum etish jazosi, yuridik shaxslarga esa 90 sutkagacha ma’muriy faoliyatni to‘xtatib qo‘yish jazosi qo‘llanishi mumkin.
Mavzuga oid
21:03 / 24.03.2026
Konfet qog‘ozi rossiyalik ayolning qotilini aniqlashga yordam berdi
17:34 / 24.03.2026
Shavkat Mirziyoyev va Vladimir Putin telefon orqali muloqot qildi
13:40 / 24.03.2026
Rossiya iqtisodiyotida pasayish bor - Putin
12:57 / 24.03.2026