Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Ikki metrlik baliq 5 kishining dengizda qolib ketishiga sababchi bo‘ldi
Janubiy Xitoy dengizida baliq hujumidan keyin qo‘lbola solda bir necha kunni dengizda o‘tkazishiga to‘g‘ri kelgan filippinlik baliqchilar qutqarib olindi.
3 oktabrda 5 nafar baliqchi bo‘lgan 12 metrlik qayiq marlin balig‘i sababli yaroqsiz holga kelgan. Ikki metrlik baliq o‘ljasini ta'qib qilayotganda ikki marta qayiqqa urilgan va buning oqibatida qayiq tubida teshik hosil bo‘lgan.
Baliqchilar suvda qolgach, qayiq bo‘laklaridan qo‘lbola sol yasab olishgan. Voqeadan 7 kun o‘tgach esa ularni AQSh harbiy-dengiz kuchlarining Wally Schirra transport kemasi dengizchilari payqab qolib, qutqarib olishgan.
“Biz ularni kech bo‘lmasidan topdik”, deb aytgan kema vakili. Uning aytishicha, baliqchilardagi ichimlik suvi ikki kungagina yetgan, so‘ngra ular dengiz suvini ichishlariga to‘g‘ri kelgan.
Mavzuga oid
20:00 / 14.03.2026
Sirdaryoda baliq ovlaganlar tabiatga qariyb 520 million so‘mlik zarar yetkazdi
23:25 / 27.12.2025
Navoiyda noqonuniy tarzda qariyb yarim tonna baliq ovlaganlar ushlandi
07:35 / 22.11.2025
Kanadada bo‘ri baliqchi to‘ridan foydalanib baliq ovlagani videoga tushdi
20:58 / 02.11.2025