Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
ShHT hukumat rahbarlari kengashining Dushanbedagi majlisida qanday masalalar ko‘rib chiqiladi?
Shanxay hamkorlik tashkilotiga a'zo davlatlar Hukumat rahbarlari (Bosh vazirlari) kengashining (ShHT HRK) navbatdagi majlisi 11-12 oktabr kunlari Dushanbe shahrida bo‘lib o‘tadi, deb xabar qilmoqda TIV axborot xizmati.
Qayd etilishicha, majlisning kun tartibidan savdo-iqtisodiy va gumanitar aloqalarning hozirgi holati va istiqbollari, ularni rivojlantirish bo‘yicha chora-tadbirlar, ko‘p tomonlama savdo-iqtisodiy hamkorlik dasturini amalga oshirishning borishi, ShHT doirasidagi loyihalash faoliyatini moliyaviy ta'minlash mexanizmlari to‘g‘risida fikr almashish o‘rin olgan.
Hindiston, Pokiston, Qirg‘iziston, Qozog‘iston, Rossiya, Tojikiston, Xitoy va O‘zbekiston hukumat rahbarlari shuningdek ShHT Ishbilarmonlar kengashi hamda Banklararo birlashmasi faoliyatini, tashkilotning 2019 yil uchun byudjyetini, ShHT HRK keyingi majlisi muddati va joyini muhokama qiladilar, mazkur masalalar bo‘yicha tegishli qarorlar qabul qiladilar.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Abdulla Aripov 11-12 oktabr kunlari Tojikistonga safar qilishi xabar berilgandi.
Mavzuga oid
19:03 / 07.10.2025
Tojikiston poytaxtida elektr samokat va giroskuterda yurish taqiqlandi
15:24 / 08.01.2025
Dushanbe shahrida O‘zbekiston savdo uyi ochildi
20:19 / 08.08.2024
Tojikistonda Xitoy bilan hamkorlikda harbiy baza qurilishi rad etildi
09:59 / 19.01.2024