Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Abdulla Aripov 11-12 oktabr kunlari Tojikistonga safar qiladi
U Dushanbe shahrida ShHTga a'zo davlatlar Hukumat rahbarlari (bosh vazirlari) kengashining yig‘ilishida ishtirok etadi.
Rossiya hukumati matbuot xizmatining xabar berishicha, Kengash yig‘ilishi kun tartibiga ShHT doirasidagi savdo-iqtisodiy va gumanitar hamkorlikni rivojlantirish masalalari kiritilgan.
O‘zbekiston, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Xitoy, Pokiston, Rossiya, Tojikiston va Hindiston delegatsiyalari rahbarlari ko‘p tomonlama savdo-iqtisodiy hamkorlik dasturi, Ishbilarmonlar kengashi va ShHT Banklararo birlashmasi faoliyatini muhokama qilishadi
«Hukumat rahbarlari tashkilot faoliyatining turli jihatlari bo‘yicha qator qarorlar qabul qilishadi, jumladan, uning 2019 yilga byudjyet tasdiqlanadi, Qo‘shma bayonot qabul qilinadi. Shundan so‘ng Hukumat rahbarlari kengashining kengaytirilgan tarkibdagi yig‘ilishi kuzatuvchi davlatlar va ShHT muloqoti bo‘yicha sheriklar delegatsiyalari ishtirokida bo‘lib o‘tadi», - deyiladi hukumat xabarida.
Mavzuga oid
22:53 / 13.04.2026
Rossiya O‘zbekistonga neft va gaz yetkazib berish hajmini oshirishini ma’lum qildi
21:06 / 27.03.2026
O‘zbekiston 2026 yilda sun’iy yo‘ldosh internetini ishga tushirishga tayyorlanmoqda
19:01 / 02.03.2026
Fors ko‘rfazi davlatlaridagi o‘zbekistonliklar evakuatsiya qilinadi
20:55 / 17.02.2026