O‘zbekiston | 13:01 / 10.10.2018
4922
2 daqiqa o‘qiladi

O‘zbekistonda 18-20 oktabr kunlari O‘zbekiston-Rossiya hududlararo forumi bo‘lib o‘tadi

O‘zbekistonda shu yilning 18-20 oktabr kunlari O‘zbekiston-Rossiya hududlararo hamkorlik forumi va Moskva kunlari bo‘lib o‘tadi. Bu haqda Toshkent shahar hokimligi matbuot xizmati xabar berdi.

Birinchi O‘zbekiston-Rossiya hududlararo hamkorlik forumi ikki mamlakat hududlari o‘rtasida to‘g‘ridan-to‘g‘ri aloqalarni o‘rnatish va rivojlantirish uchun maydonchaga aylanadi, deyiladi xabarda.  

Xabarda aytilishicha, forumda Rossiya regionlarining eksport salohiyati, O‘zbekistonda yangi erkin iqtisodiy zonalar istiqbollari, xorijiy investitsiyalar sohasidagi qonunchilikni takomillashtirish va boshqa masalalar muhokama qilinadi.

Shuningdek, Moskva hukumati va Toshkent shahar hokimligi o‘rtasida o‘zaro hamkorlik to‘g‘risidagi memorandum imzolanishi kutilmoqda.

Bundan tashqari, O‘zbekistonda Moskva kunlarini o‘tkazish ham rejalashtirilmoqda. Ushbu tadbirda kadet korpusining chiqishi, Moskva hayvonot bog‘ining ko‘rgazma taqdimoti, qilichbozlik va sambo bo‘yicha musobaqa, rus oshxonasi va mahsulotlari taqdimotlari o‘tkaziladi.

 

Дилшод Аскаров
Tayyorlagan Дилшод Аскаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid