«Porloq yöl sovxozi»ga qaytiş. Ustabuzarmonlardan qolgan izlar böylab
|23:35 / 12.10.201898 31710 min
Jizzaxda bir joy bor. Baxtsizlik makoni. Biz bu yerda haqiqiy baxtsizlikni, haqiqiy baxtsizlarni kördik... Keling, bir boşdan hikoya qilamiz.
Mirzaçöl şörxoklari ustidagi bu hudud ötgan asrning 70-yillari oxirida çölquvarlar tomonidan özlaştirila boşlangan, bu hudud Mustaqillik yillarining ilk yillarida gullab-yaşnagan, respublikaning turli hududlaridan kelgan yoş oilalar xalq tilida hozirgaça «3-sovxoz» deb yuritiladigan bu posyolkani özlariga yangi makon qilişgandi.
Ammo yangi asr boşida bu hududlar e'tibordan çetda qoladi va aholining yaşaş şaroitlari keskin yomonlaşib ketadi.
2018 yilning fevral oyi oxirida Özbekiston prezidenti taşabbusi bilan «Obod qişloq» dasturi böyiça işlar boşlanib ketadi. Jizzax viloyatida «Manas» qişloği, Samarqand viloyatida «Jom» qişloği namunali tarzda obod qilindi.
2018 yilning 29 martida Özbekiston Respublikasi Prezidentining «Obod qişloq» dasturi töğrisida»gi farmoni imzolanadi. Şu kuni prezidentning «Obod qişloq» dasturini 2018 yilda amalga oşiriş böyiça qöşimça çora-tadbirlar töğrisida»gi qarori ham imzolanib, dastur ijrosini muvofiqlaştiriş böyiça respublika komissiyasi tuziladi. Dasturga köra, respublikada 2018 yil mobaynida 370 qişloq va mahallalar dasturga binoan obodonlaştirilişi belgilab qöyiladi. Obodonlaştiriş işlariga respublika böyiça 6396ta taşkilot biriktiriladi.
Quyidagilar aholi turmuş darajasini oşiriş maqsadida qabul qilingan dasturning ustuvor maqsadlari etib belgilangan: 1) aholini içimlik suvi bilan ta'minlaş, sizot suvlar sathini pasaytiriş, qişloqlarni tuman markazi bilan boğlaydigan yöllarni quriş, avtobus qatnovini yölga qöyiş;
Mavzuga oid
2)
qişloq içki yöllari va piyodalar yölaklarini barpo etiş va ta'mirlaş, yöl böylarini obodonlaştiriş va kökalamzorlaştiriş, sanitariya inşootlari va irrigatsiya tizimlarini barpo etiş, transport töxtaş bekatlarini quriş;
3)
elektr ta'minotini yaxşilaş, aloqa tizimini modernizatsiya qiliş, aholiga suyultirilgan gaz va kömir yoqilğisini uzluksiz yetkazib beriş;
4)
ijtimoiy ahamiyatga ega bölgan xizmatlarni tubdan yaxşilaşga e'tibor qaratiş, bunda boğça, maktab va oilaviy poliklinikalarni quriş, rekonstruksiya qiliş va ta'mirlaş işlarini amalga oşiriş;
5)
bozor infratuzilmasi obektlarini va servis şoxobçalarini, jumladan, hammom va kiçik bozor şoxobçalarini barpo etiş;
6)
uy-joylarni ta'mirlaşda xonadon egalariga amaliy yordam körsatiş, avvalambor, quriliş materiallari bilan markazlaşgan holda ta'minlaş, muhtoj oilalar uçun homiylar va iş beruvçi korxonalar mablağlari hisobidan uy qurib beriş (ta'mirlaş) va boşqalar.
Avvalgi nomi «Tinçlik» qişloq fuqarolar yiğini bölgan, hozirda nomi «Yoşlik» QFY sifatida özgargan sovxoz ham Zarbdor tumanida (bu hudud uzoq yillar mobaynida Zomin tumani tarkibida bölgan, joriy yil boşida Zarbdor tumani tarkibiga ötkazilgan) rejaga kiritilgan ikki qişloqdan biri edi. Bu yerda 507 xonadonda 3108 nafar fuqaro istiqomat qilib kelmoqda.
Bu hudud şu yil oxiriga qadar obodonlaştirilişi şart edi.
Lekin bu tasvirlarda körinadiki, «Yoşlik» qişloq fuqarolar yiğinida faqat buziş işlari ötkazilgan va qişloq xaroba ahvolga keltirilgan.
Ustabuzarmonlar tomonidan bori ham yöq qilingan.
Mart oyida xalq katta-katta va'dalar bilan umidlantirilgan,oddiy kişilar hukumat e'tiborini közda quvonç yoşlari bilan qabul qilişgan, kelajakka işonç bilan qaray boşlaşgandi. Ammo ular yana aldanib qolişdi.
Hudud yangi tuman tarkibiga ötkazilgaç, yangi rahbarlar arxitektorlar bilan kelişib, qişloqning yangi loyihasini körsatişadi. Unga köra, asosiy yölga qöşimça yaşil yölaklar hosil qilinişi belgilangan, bu esa aholi uylarining devorlarini içkariroqqa surişini talab etardi. Mutasaddilar hukumat tomonidan yangi devorlar kötarib berilişiga, har bir uyga içimlik suvi kirib borişiga va'dalar beradi. Katta umidlarga berilgan aholi esa öz ixtiyori bilan devorlarini buzişga kirişadi. Natijada, «Obod qişloq»qa aylantirilişi kerak bölgan hudud «Barbod qişloq»qa evriladi.
Jurnalistlar daragini eşitib töplangan aholi vakillaridan hol söraymiz.
Youtube'da köriş
Mover.uz'da köriş
Hozirda 2018 yilning oktyabri yarimlay boşladi. Ötgan vaqt içida bu hududda dastur böyiça qanday işlar amalga oşirilgan?
Bu qişloq vraçlik punkti. 8 oy oldin qanday holatda bölgan bölsa, hozir ham avariya holatida qolmoqda. Aholining sözlariga köra, rahbarlar bu hududga, 3 mingdan ortiq kişi yaşaydigan hududga QVP kerak emas deb hisoblab, aholini tibbiy xizmat uçun önlab kilometr masofalardagi hududlarga qatnaşga majburlaşni rejalaştirmoqda. Bu sovxozdagi QVP xodimlari esa kelajagi ne keçişini bilmay sarson.
Bu bir vaqtlar bolalarning şöx öyin-kulgilari bilan tölgan gavjum boğça edi. Keyingi yillar davomida huvillab qolgan bu binoda dastur doirasida yana maktabgaça ta'lim muassasasi taşkil etiş böyiça harakatlar boşlangandi.
Ammo ayni vaqtda bu binoning şiferlari qayoqqadir olib ketilgan, bino qarovsiz holda taşlab qöyilgan.
Bu masjid binosi. Qişloq ahli uçun yopiq. Nuroniy kişilar hozirda ibodat uçun 20 kilometrdan ortiq masofadagi şaharçaga qatnaşga majbur. Dastur doirasida masjidni ham oçib beriş va'da qilingan, diniy boşqarma vakillari ham hududda bölişgan va navbatdagi va'dalar berilgan, ammo yakunda bu iş ham ölda-jölda qolib ketgan.
Bu aholi uçun içimlik suvi saqlanadigan suv töplaydigan gidrotexnik inşoot. Dastur doirasida hududdagi har bir xonadonga içimlik suvi yetkazib beriş uçun işlar boşlangan, uylar tomon suv quvurlari ötkazilgan, hududga keladigan suv quvurini ta'mirlaş doirasida xatolik yuz berib, aholi qariyb bir oy davomida içimlik suvisiz qolib ketgan ham, şunday tomoşalardan keyin ham iş yakuniga yetkazilmagan, ayni vaqtda xonadonlarga ulangan quvurlardan bir tomçi ham suv çiqayotgani yöq. Aholi har kuni suv saqlanayotgan hududga kelib, ming azob-uqubat bilan uyiga suv taşişga majbur.
Bu esa maktab sport zali binosi. Alohida mavzu.
Dastur böyiça közda tutilgan boşqa işlar - tuman markaziga avtobus qatnovini yölga qöyiş, bekatlar quriş, sizot suvlar sathini pasaytiriş, bozor infratuzilmasi obektlarini va servis şoxobçalarini, jumladan, hammom va kiçik bozor şoxobçalari barpo etiş işlari boşlanişi tugul, bu haqda umuman gap ham bölmagan.
Hokimlar özgarsa ham (2016 yilning sentyabridan buyon Zarbdor tumaniga hokimlik qilib kelgan Islom Bobojonov örniga 2018 yilning 5 aprelida, ayni «Obod qişloq» dasturi böyiça işlar boşlangan vaqtda Narzulla Qöşboqov yangi hokim etib tayinlanadi. Ammo u bu lavozimda 4 oy ham işlamay, avgust oyi boşida işdan olingan, uning örnini Sirdaryo viloyatining sobiq hokimi Oybek Aşurmatov egallagan), tizim işlaşda davom etavermaydimi? Tuman hokimi özgarişi bilan işlar çala qolib ketaveradimi? Qolaversa, viloyat rahbari Ergaş Soliyev hali öz joyida.
Ötgan oylar davomida dastur doirasida bajarilgan yagona iş - qişloq çetida bitta dökon qurilişi bölgan. Qolgani faqat va'daligiça qolib ketmoqda. Yil esa poyoniga yetib bormoqda.
Jizzax viloyati hokimligi saytini közdan keçiramiz. Saytda «Obod qişloq» doirasida Döstlik tumani («Manas» qişloği şu tumanda joylaşgan) va Mirzaçöl tumanida olib borilayotgan işlar önlab xabarlar va lavhalarda yoritilgan, ammo na Zarbdor tumanidagi va na boşqa tumanlardagi vaziyat haqida lom-mim deyilmagan. Bu Mirzaçöl va «Manas»dan boşqa joylarda namoyiş etgulik iş olib borilmaganining yana bir isbotidir.
Endi nima böladi? Keyingi yilga ötilganida bu qişloq dasturdan taşqarida böladi va navbat dasturga kiritiladigan boşqa qişloqlar aholisini sarson qilişga yetadimi?
Qiziq tomoni, endi rahbarlar buzilgan devorlarni öz joyiga qayta tiklab qöyaqolişni maslahat qilişmoqda. Kimning bunga qurbi yetadi, kimning yöq. Hovlilar oçiq, kimning buyumi yöqolgan, kimning uyidagi bor iş köçaning köz-öngida.
Undan ham qiziği - bir neça marta qişloqdagi gaz trubalarini kesib olib ketmoqçi bölişgan va aholi qarşiligi tufayli bu reja amalga oşmay qolgan. Ma'lum bölişiça, bu trubalardan boşqa bir qişloqni «obod qiliş»da foydalanmoqçi bölişgandi.
Bu hangomalar yaxşi bir komedik film uçun tayyor ssenariy-ku?
Aslida bu yerda fojia.
Bu yöllardan yurib böladimi? Har bir taşlangan qadamdan keyin odam şu joylarda tuğilganidan, şu yerlarda yaşayotganidan, şu yerlarda qolişga majburligidan qayta-qayta öksimaydimi? Bu yöllarda yiqilib qolgan odamlarda faqat rahbarlardan norozilik uyğonmaydimi? Bu çang-tözonda nafas ololmay qolganlar la'natlar öqimaydimi? Haqiqiy baxtsizlik degani şu emasmi?
Yillar davomida gazsiz va elektr tokisiz yaşaşga könikib ketgan odamlar boşlariga tuşgan bu yangi savdolardan hayron.
Qiş yaqin. Bu qişloq aholisi navbatdagi qişni avvalgilaridan köra köproq qörquv va xavotir bilan kutmoqda.
Jurnalistlar Aziz Qarşiyev va Xurşid Daliyev, operator Şuhrat Raşidov
Central Asia International Hardware Expo - Markaziy Osiyo quriliş asboblari, uskunalari va mahkamlaş buyumlari bozoriga töğridan-töğri çiqiş imkoniyati
Özbekiston volframi xalqaro eʼtirofga sazovor böldi
Puçon va KT&G Yaşil taşabbusni boşlamoqda
Laboratoriya sokinligining ham harorati bor: Özbekiston uçun Smolensk uskunalari
Uztelecom tarmoği modernizatsiyasi: yölning 90 foizi ortda qoldi. Oldinda yana qanday işlar bor?
Yiliga 25 mingdan ortiq yangi uskuna: Özbekistonda $50 mln investitsiya hisobidan “NURA Electric” elektrotexnika majmuasi işga tuşirildi
Central Asia International Hardware Expo - Markaziy Osiyo quriliş asboblari, uskunalari va mahkamlaş buyumlari bozoriga töğridan-töğri çiqiş imkoniyati
Özbekiston volframi xalqaro eʼtirofga sazovor böldi
Puçon va KT&G Yaşil taşabbusni boşlamoqda
Laboratoriya sokinligining ham harorati bor: Özbekiston uçun Smolensk uskunalari
Uztelecom tarmoği modernizatsiyasi: yölning 90 foizi ortda qoldi. Oldinda yana qanday işlar bor?
Yiliga 25 mingdan ortiq yangi uskuna: Özbekistonda $50 mln investitsiya hisobidan “NURA Electric” elektrotexnika majmuasi işga tuşirildi