Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Turkiya AQShga saudiyalik jurnalist o‘ldirilganini isbotlovchi videoni ko‘rsatdi – WP
Foto: Ozan Kose/AFP
Turkiya mutasaddi idoralari AQSh huquq-tartibot idoralariga saudiyalik muxolif jurnalist Jamol Qoshiqchining Saudiya Arabistonining Istanbuldagi konsulligida o‘ldirilganini isbotlovchi videoyozuvni ko‘rsatdi. Bu haqda jurnalist ishlagan The Washington Post nashri ma'lum qildi.
Foto: Getty Images
“Arabchada gaplashayotgan Qoshiqchi va bir erkak ovozini eshitish mumkin. U so‘roq qilingani, qiynalgani va o‘ldirilganini eshitish mumkin. Bu yozuv Jamol konsullikka kirgandan keyin u bilan nima sodir bo‘lganiga oydinlik kiritadi”, deb aytgan nashr manbasi. Manbaning ta'kidlashicha, ushbu yozuvlar Saudiya Arabistonining jurnalist o‘ldirilishiga aloqadorligi va jurnalistning boshqa hayot emasligini isbotlaydi.
Nashr Turkiya AQSh tomoniga bu yozuvlarning nusxasini bergani yoki uni namoyish qilganini aniq ayta olmasligini ta'kidlab o‘tgan.
Jurnalist rasmiy Ar-Riyod siyosatini tanqid qiluvchi maqolalar yozgan. 2 oktabrda u Saudiya Arabistonining Istanbuldagi konsulligiga hujjatlarni rasmiylashtirgani borgan va o‘shandan beri aloqaga chiqmayapti. Jurnalist konsullikda o‘ldirilgani gumon qilinmoqda.
Mavzuga oid
13:54 / 13.02.2026
Xitoy, Rossiya va Turkiya - O‘zbekistonda eng ko‘p korxona ochgan davlatlar
23:23 / 12.02.2026
Turkiya va yadro quroli: geosiyosiy tahlil
23:06 / 12.02.2026
Istanbulda Durdona Hakimova bilan birga yana bir ayol o‘ldirilgani aniqlandi
13:59 / 12.02.2026