Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Afg‘onistondagi miting chog‘ida sodir etilgan portlashda qurbonlar soni 22 kishiga yetdi
Afg‘onistonning Taxor viloyatida saylovoldi mitingida sodir etilgan portlashda o‘lganlar soni 22 kishiga yetgan, turli darajada jarohatlanganlar 36 kishini tashkil etmoqda, deb xabar bermoqda Tolo news telekanali viloyat rahbari vakilining so‘zlariga tayangan holda.
Telekanalning xabar berishicha, portlash mahalliy vaqt bilan soat 14:00 (Toshkent vaqti bilan 13:30 da) da sodir etilgan va saylovoldi poygasida ishtirok etayotgan nomzodlardan biri Nazifa Bekni yo‘q qilishga qaratilgan. Bu parlament saylovoldi kampaniyasi doirasida birgina oktabr oyining o‘zida sodir etilgan uchinchi portlashdir.
Afg‘oniston prezidenti Ashraf G‘ani, BMTning Afg‘onistondagi missiyasi vakillari, AQShning Afg‘onistondagi elchisi Jon Bass hujumni qoralab chiqishdi va parlament saylovlarni tinch va demokratik yo‘l bilan o‘tkazishga chaqirishdi.
Mavzuga oid
09:17 / 05.05.2026
Xitoyda feyyerverk zavodida yuz bergan portlashda o‘nlab odamlar halok bo‘ldi
12:23 / 02.05.2026
Avstriya afg‘on muhojirlarini O‘zbekiston orqali deportatsiya qilishni rejalashtiryapti
11:34 / 28.04.2026
“Imperiyalar qabristoni” – nega yirik davlatlar Afg‘onistonni bo‘ysundira olmagan?
23:39 / 27.04.2026