Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Qishloq xo‘jaligida iqtisodiy islohotlarni chuqurlashtirish bo‘yicha respublika komissiyasi faoliyati optimallashtiriladi
Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari muhokamasi portalida Vazirlar Mahkamasining “Qishloq xo‘jaligida iqtisodiy islohotlarni chuqurlashtirish bo‘yicha Respublika komissiyasi faoliyatini optimallashtirish to‘g‘risida”gi qarori loyihasi joylashtirildi.
Hujjat bilan quyidagilar:
Qishloq xo‘jaligida iqtisodiy islohotlarni chuqurlashtirish bo‘yicha Respublika komissiyasi tarkibi;
Qishloq xo‘jaligida iqtisodiy islohotlarni chuqurlashtirish bo‘yicha Respublika komissiyasi to‘g‘risidagi nizom tasdiqlanishi mumkin.
Qishloq xo‘jaligida iqtisodiy islohotlarni chuqurlashtirish bo‘yicha Respublika komissiyasi to‘g‘risidagi nizomga ko‘ra, quyidagilar Komissiyaning asosiy vazifalari va faoliyati yo‘nalishlari hisoblanadi:
O‘zbekiston Respublikasining Yer kodeksi, “Fermer xo‘jaligi to‘g‘risida”gi, “Dehqon xo‘jaligi to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi qonunlari hamda ular asosida qabul qilingan qishloqda agrar va iqtisodiy munosabatlarni isloh qilishga yo‘naltirilgan normativ hujjatlarning amalga oshirilishini ta'minlash bo‘yicha ishlarni tashkil etish;
qishloq xo‘jaligida iqtisodiy islohotlarni chuqurlashtirish bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Farmonlarida, qarorlarida, farmoyishlarida va Hukumat qarorlarida berilgan topshiriqlarni o‘z vaqtida va to‘liq bajarilishi ustidan muntazam ravishda monitoring olib borish;
qishloqda agrar va iqtisodiy munosabatlarni isloh qilish, sohasida yagona davlat siyosatining izchil o‘tkazilishini ta'minlash;
qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarishini tashkil etishning yetakchi bo‘g‘ini va shakli sifatida fermer xo‘jaliklarining huquqlari, manfaatlarini himoya qilishni va samarali faoliyat yuritishini ta'minlashga yo‘naltirilgan normativ-huquqiy bazani yanada takomillashtirish ishlarini muvofiqlashtirish;
fermer xo‘jaliklarida qishloq xo‘jaligi xomashyosini kompleks qayta ishlash bo‘yicha zamonaviy texnologiyalarni joriy etish, shuningdek, qishloqda yangi ishlab chiqarishlar va xizmatlar sohasini tashkil etishni muvofiqlashtirish;
ko‘p tarmoqli fermer xo‘jaliklarini rivojlantirish, ularning faoliyatiga suvni tejaydigan samarali texnologiyalarni, zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish ahvolini muntazam tahlil qilish;
yer tuzish va yer monitoringi, tuproq holatini saqlash, uning unumdorligini oshirish va tiklashni tashkil etish, barcha darajalarda suvdan foydalanishning bozor prinsiplarini joriy etish ishlarini muvofiqlashtirish;
fermer xo‘jaliklarini, shu jumladan, lizing asosida yuqori unumli, zamonaviy qishloq xo‘jaligi texnikasi bilan ta'minlash ishlari monitoringini tashkil etish;
bozor iqtisodiyoti talablariga javob beradigan bozor prinsiplari va mexanizmlarini boshqaruv tizimiga, xo‘jalik munosabatlariga keng joriy etish, qishloqda zamon talablariga javob beradigan yangi xo‘jalik yuritish shakli qishloq xo‘jalik klasterlarini rivojlantirish;
qishloq xo‘jaligiga rahbarlik qilishning ma'muriy-buyruqbozlik usullarini qisqartirish, qishloq xo‘jaligi tovar ishlab chiqaruvchilarining kundalik faoliyatiga ma'muriy aralashuvni bartaraf etish bo‘yicha takliflar kiritish;
jahon bozorlarida vujudga kelgan talab va taklif, narxlar kon'yunkturasidan kelib chiqqan holda bozor prinsiplariga asoslangan qishloq xo‘jaligida narx belgilash tizimi va mexanizmini takomillashtirish bo‘yicha takliflarni ishlab chiqish;
fermer xo‘jaliklarining iqtisodiy va moliyaviy mustaqilligini ishonchli ta'minlashga yo‘naltirilgan iqtisodiy, huquqiy shart-sharoitlar va kafolatlarni yaratish;
qishloqda zarur xizmatlarning barcha turlarini ko‘rsatishga qodir bo‘lgan ishlab chiqarish va bozor infratuzilmasi obektlarini jadal rivojlantirish uchun shart-sharoitlar yaratish;
davlat ehtiyojlari uchun xarid qilinadigan qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini moliyalashtirish tizimini doimiy takomillashtirib borish;
vazirliklar, idoralar va hududiy komissiyalar bilan birgalikda qishloq xo‘jaligida iqtisodiy islohotlarni amalga oshirish bo‘yicha aniq chora-tadbirlarni ishlab chiqish;
qishloqda iqtisodiy islohotlar doimiy ravishda metodik va huquqiy ta'minlanishini, agrobiznes sohasida xo‘jalik yuritishning zamonaviy usullarini ishlab chiqarishga joriy etish bo‘yicha malakali kadrlarni tayyorlash va ularning malakasini oshirish ishlarini tashkil etish;
qishloq xo‘jaligida iqtisodiy islohotlarni chuqurlashtirish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlarni har tomonlama tahlil qilish yilning har choragida tahliliy materiallar va takliflarni Vazirlar Mahkamasi majlislarida ko‘rib chiqish uchun taqdim etish.
Mavzuga oid
09:41 / 19.05.2026
O‘zbekistonliklar AQShda 10 oygacha qishloq xo‘jaligida ishlashi mumkin
18:56 / 18.05.2026
Chorva mollari va asalarilar QQSning nol stavkasi qo‘llanadigan ro‘yxatga kiritildi
20:29 / 03.05.2026
O‘zbekistonliklar AQShda qishloq xo‘jaligi sohasida ishlashga yuboriladi
17:06 / 21.04.2026