18:08 / 13.10.2018
36959

Oliy o‘quv yurti kafedra mudiri 1000 dollar bilan qo‘lga tushdi

Illyustrativ foto

Jizzax Davlat pedagogika institutining kafedra mudiri lavozimida ishlab kelgan Q.U. qo‘lga olindi. Bu haqda Jizzax viloyat huquqni muhofaza qilish organlari Sangzor.uz saytiga xabar bergan.

Jizzax Davlat pedagogika institutining kafedra mudiri lavozimida ishlab kelgan Q.U. ushbu oliygohning “Musiqiy ta'lim” yo‘nalishida tahsil olgan talaba M.U.ning o‘qishini “Boshlang‘ich ta'lim” yo‘nalishiga ko‘chirib berishni va'da qilib 1000 AQSh dollarini firibgarlik yo‘li bilan qo‘lga kiritadi. 

Biroq, ishni hal qila olmagani bois jinoiy qilmishini bartaraf etish maqsadida 2018 yilning 4 oktabr kuni soat 13:00lar atrofida Jizzax shahrining “Suloqli” mahallasi hududida M.U.ga olgan pullarini qaytarib berayotgan vaqtda O‘zbekiston Respublikasi DXX va Bosh Prokuratura huzuridagi iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti  viloyat  Boshqarmalari hamkorligida qo‘lga olindi. 

Mazkur holat yuzasidan Q.U.ga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi JKning 168-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Top