Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Beyl «Real»da qoladi
«Real» hujumchisi Garet Beyl Madridda qoladi. Sunday Express nashri klub rahbariyati futbolchi bilan kelishib olgani haqida xabar tarqatgan.
Avvalroq madridliklar klubi ushbu uelslik futbolchisini kelgusi yilning yozida sotishni rejalashtirgani to‘g‘risida xabarlar tarqalgandi.
Sunday Express nashri keltirgan ma'lumotga ko‘ra, «Qirollik klubi» rahbariyatining yig‘ilishlaridan birida 29 yoshli futbolchining kelajagi masalasi muhokama etilgani, futbolchi o‘zidan kutilgan darajada o‘yin ko‘rsata olmayotgani tufayli, uni sotishga qaror qilishgani haqida aytilgandi.
O‘z navbatida «Chelsi» klubi yarimhimoyachisi Eden Azarni aynan Beyl bilan almashtirishga tayyor ekani xabar qilingan edi.
Beyl «Real» safida 2013 yildan buyon to‘p surib kelmoqda. U «qaymoqranglilar» jamoasi safida bir marta Ispaniya chempioni bo‘lgan va 4 marta YeChL g‘olibiga aylangan.
Joriy mavsumda Beyl klub safida barcha turnirlar doirasida 9 uchrashuvda maydonga tushdi va 4 gol urib, 3 golga uzatma berdi. Ayni vaqtda u navbatdagi jarohatini davolamoqda.