Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
17 oktabr kuni O‘zbekistonning ayrim hududlarida qor yog‘adi
Toshkent shahri. Respublika Gidrometeorologiya markazining xabar berishicha, 17 oktabr kuni poytaxtda havo o‘zgarib turadi, kechasi va ertalab yomg‘ir yog‘ib, qorga aylanishi mumkin, kunduzi yog‘ingarchilik bo‘lmaydi. Kechasi ob-havo 1 daraja sovuq bilan 1 daraja iliq atrofida, kunduzi 5-7 daraja iliq bo‘ladi.
Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyati. Havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik bo‘lmaydi. Kechasi 0-5 daraja iliq, ayrim joylarda 2 darajagacha sovuq, kunduzi 5-10 daraja iliq bo‘ladi.
Buxoro va Navoiy viloyatlari. Havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik bo‘lmaydi. Kechasi 0-5 daraja iliq, ayrim joylarda 2 darajagacha sovuq, kunduzi 5-10 daraja iliq bo‘ladi.
Toshkent, Samarqand, Jizzax va Sirdaryo viloyatlari. Havo o‘zgarib turadi, ayrim joylarda kechasi va ertalab yomg‘ir yog‘ib, qorga aylanishi mumkin, kunduzi yog‘ingarchilik bo‘lmaydi. Kechasi 0-5 daraja iliq, ba'zi joylarda 2 darajagacha sovuq, kunduzi 5-10 daraja iliq bo‘ladi.
Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlari. Havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik bo‘lmaydi. Ba'zi joylarda tuman tushishi mumkin. Kechasi 0-5, kunduzi 5-10 daraja iliq bo‘ladi.
Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlari. Havo o‘zgarib turadi, ayrim joylarda kechasi va ertalab yomg‘ir yog‘ib, qorga aylanishi mumkin, kunduzi yog‘ingarchilik bo‘lmaydi. Kechasi 0-5, kunduzi 5-10 daraja iliq bo‘ladi.
Respublikaning tog‘li hududlari. Havo o‘zgarib turadi, ayrim joylarda qor yog‘ib, tuman tushadi. Kechasi 5-10, kunduzi 0-5 daraja sovuq bo‘ladi.