O‘zbekiston | 15:45 / 16.10.2018
13404
2 daqiqa o‘qiladi

9 oyda soliq bo‘yicha qarzdorlardan qancha pul undirilgani aytildi

Foto: KUN.UZ

Soliq qarzini qisqartirish maqsadida Davlat soliq qo‘mitasi hamda Bosh prokuratura huzuridagi Majburiy ijro byurosining qo‘shma buyruqlariga asosan 1121 nafar xodim yuridik va jismoniy shaxslarning soliq qarzini sud tartibida undirish ishlariga jalb qilindi.

Davlat soliq qo‘mitasi Jamoatchilik bilan aloqalar va huquqiy axborot bo‘limi xabariga ko‘ra, hamkorlikdagi tadbirlar natijasida 2018 yilning 9 oyi davomida 27 669 nafar qarzdorlardan 1 583,7 mlrd. so‘m mablag‘ davlat byudjyetiga undirildi.

Xo‘jalik yurituvchi sub'yektlar hamda aholi o‘rtasida profilaktik tadbirlar o‘tkazilib, Soliq kodeksining 59-, 65-moddalariga asosan soliq to‘lovchilar zimmalaridagi soliq majburiyatlarini o‘z vaqtida bajarishlari, belgilangan to‘lovlarni muddatidan kechiktirmasdan to‘lashlari lozimligi tushuntirilmoqda.

Biroq, ogohlantirishlarga qaramasdan, byudjyetga tushishi kerak bo‘lgan soliqlarni to‘lamagan 8982 nafar qarzdorlarning 428,5 mlrd. so‘mlik 1695 ta transport vositalari, 1354 ta bino inshootlari, 14 081 ta ofis jihozlari hamda boshqa turdagi mol-mulklari kimoshdi savdolari orqali sotish va tushgan mablag‘lardan soliq qarzini to‘lash uchun xatlovga olindi.

Mavzuga oid