Jahon | 23:57 / 16.10.2018
5637
1 daqiqa o‘qiladi

Yamanda 2,2 mln bola ochlikdan aziyat chekmoqda

YUNISEFning ma'lum qilishicha, fuqarolik urushi bilan qamrab olingan Yamanda kamida 2,2 mln bola ochlikdan aziyat chekmoqda.

4 yildan beri urush tinmayotgan Yamanda gumanitar vaziyat tobora yomonlashib bormoqda. Mamlakatda sog‘liqni saqlash tizimi izdan chiqqan, tibbiy muassasalarning yarmidan ko‘pi ishlamaydi, tibbiy xodimlar bir necha yildan beri maosh olmaydilar. Shuningdek, vabo bilan kasallanish holatlari soni oshmoqda. 

Yamanning 27 mln aholisidan 16 millioni tibbiy xizmatlarga ehtiyoj sezadi. 400 ming bola shoshilinch tibbiy yordamga muhtoj.

Mavzuga oid