Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
“Dilyaz Biznes” kompaniyasi Turkiyaning “Arvena Trade” kompaniyasi bilan 40 mln dollarlik investitsion bitimni imzoladi
Artifex Group brendi ostida faoliyat yurituvchi O‘zbekistonning “Dilyaz Biznes” arxitektura-qurilish kompaniyasi poytaxtda yangi yopiq zamonaviy park qurilishi loyihasiga investitsiya kiritish yuzasidan 2018 yilning 7 oktabr kuni Turkiyaning “Arvena Trade” kompaniyasi bilan investitsion bitimni imzoladi.
Investitsion bitimning shartlariga ko‘ra, “Arvena Trade” kompaniyasi yopiq ko‘ngilochar park loyihasiga investitsiya kiritish majburiyatini o‘z zimmasiga olgan. Bundan tashqari, investitsiya miqdori dastlabki bosqichdagi 40 mln. AQSh dollaridan ikki barobar oshirilib, 80 000 000 AQSh dollariga yetkazishga kelishib olingan. Hozirda investitsiya miqdorini 100 000 000 AQSh dollarigacha yetkazishga doir muzokaralar olib borilmoqda.
Ushbu zamonaviy yopiq ko‘ngilochar park loyihasiga dastlab 40 000 000 AQSh dollari miqdorida investitsiya kiritish rejalashtirilgan va Toshkent shahar hokimligi uning qurilishi uchun “Dilyaz Biznes” kompaniyasiga Shayxontohur tumanidan 10 gektar yer maydoni ajratgan.
Keyinchalik, 2017 yilning 26 may kuni prezidentimizning Shayxontohur tumaniga tashrifi doirasida“Dilyaz Biznes” kompaniyasi rahbari R.Xaitmetov tomonidan, zamonaviy yopiq ko‘ngilochar parkini qurish loyihasining taqdimoti o‘tkazilgan va mazkur loyiha davlatimiz rahbari tomonidan yuqori baholangan.
O‘tgan davr mobaynida, “Dilyaz Biznes” kompaniyasi o‘zi taqdim qilgan loyihasi bo‘yicha nafaqat texnik ishlarni amalga oshirish, investitsion materiallarni tayyorlash hamda chet el investitsion kompaniyalari bilan muzokaralar olib borish, balki loyiha uchun ajratilgan yer maydonini obodonlashtirish bilan ham shug‘ullangan.
Xususan, ilgari tashlandiq va qarovsiz holatda bo‘lgan yer maydoni hozirda ko‘kalamzorlashtirilgan va obod maskanga aylantirilgan. Bu qo‘riqlanadigan hududda kompaniya tomonidan tashkillashtiriladigan bayram tadbirlariga mahalliy aholi tashrif buyuradi.
Mavzuga oid
22:21 / 29.06.2026
Istanbul orolga aylanishi mumkin: Qora va Marmar dengizlari o‘rtasida yangi kanal qurilmoqda
17:32 / 19.06.2026
Turkiyada o‘ldirilgan o‘zbek ayollari: fojia qayerda boshlanyapti?
18:17 / 15.06.2026
Turkiyaning zilziladan jabrlangan Hatay viloyatida O‘zbekiston mahallasi ochildi
15:55 / 13.06.2026