Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Foto: Termizda Afg‘onistonning bosh konsulligi ochildi
Bugun, 16 oktabr kuni Termizda Afg‘onistonning O‘zbekistondagi Bosh konsulligi o‘z ishini boshladi. Bu haqda Surxondaryo viloyati hokimligining matbuot xizmati xabar bermoqda.
Shu munosabat bilan viloyat hokimligida O‘zbekiston va Afg‘oniston vakillarining uchrashuvi bo‘lib o‘tdi. Tadbirda Surxondaryo viloyat hokimi Bahodir Po‘latov, O‘zbekiston prezidentining Afg‘oniston bo‘yicha maxsus vakili Ismatulla Ergashev, Afg‘oniston tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari Nosir Ahmad Andisha, Afg‘onistonning O‘zbekistondagi elchisi Sayid Shahobiddin Temuriy, afg‘on delegatsiyasi vakillari va boshqalar ishtirok etishdi.
Uchrashuvdan so‘ng Afg‘oniston bosh konsulligi binosining rasmiy ochilish marosimi o‘tkazildi. Afg‘onistonning Surxondaryo viloyatidagi yangi Bosh konsuli Sangin Iskandariy bo‘ldi.
Darvoqe, yangi konsullik afg‘onlarga viza masalasida yordam beribgina qolmasdan, afg‘on ishbilarmonlariga O‘zbekistonda o‘z biznesini rivojlantirishga ham ko‘maklashadi. Zaruriyat tug‘ilganida konsullik huquqiy maslahat ham ko‘rsatadi.
Mavzuga oid
11:30
Afg‘oniston giyohvand moddalardan tozalanadi – vazir o‘rinbosari jahon hamjamiyatini hamkorlikka chaqirdi
10:15 / 17.04.2026
Afg‘onistondan olib kelingan qariyb 9 kg opiy musodara qilindi
08:34 / 16.04.2026
Surxondaryoda mansabdorning pul talab qilish rejasi fosh etildi
21:04 / 09.04.2026