Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Pentagon sobiq rahbari AQSh va Rossiya munosabatlarini yaxshilash yo‘lini topdi
Foto: Yonhap/Suh Myung-gon/AP
AQSh sobiq mudofaa vaziri Vilyam Perrining ma'lum qilishicha, Rossiya va Qo‘shma Shtatlar o‘rtasidagi munosabatlar faqat muloqot orqali yaxshilanishi mumkin. Bu haqda «RIA Novosti» xabar bermoqda.
Ushbu bayonot bilan sobiq vazir San-Frantsiskoda bo‘lib o‘tgan «Fort Ross muloqoti» forumi yakunlari bo‘yicha chiqdi.
«Amerika-Rossiya munosabatlari yomon holatda va yaxshilanishga muhtoj, ularni faqat muloqot orqali yaxshilash mumkin», - dedi Perri.
Uning qayd etishicha, forum muloqot platformalaridan biri hisoblanadi. Sobiq vazir bu kabi uchrashuvlarni yanada ko‘proq o‘tkazishga chaqirdi. Bundan tashqari, Pentagon sobiq rahbarining fikriga ko‘ra, davlatlararo hamkorlikni rasmiy darajaga olib chiqish kerak.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq AQSh maxsus topshiriqli kuchlari rus qurollarini ishlab chiqarmoqchi ekani haqida xabarlar tarqaldi.
Mavzuga oid
23:45 / 06.05.2026
Eron yana BAAga raketa otdi: Tehron Trampni mensimayaptimi?
21:16 / 06.05.2026
AQSh va Eron mojaroni to‘xtatish bo‘yicha memorandum imzolashga yaqin - OAV
19:21 / 06.05.2026
“Nojo‘ya ta’sirlari haqida yetarlicha ogohlantirishmagan” - AQShda “ozdiruvchi vositalar” ustidan shikoyatlar ko‘paydi
09:52 / 06.05.2026