Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Qrimdagi terakt qurbonlari soni oshmoqda. Gumonlanuvchining suratlari e'lon qilindi
Mash nashri Qrim sharqidagi Kerch shahrida portlash sodir etishda gumonlanayotgan shaxs suratlarini tarqatdi.
Suratlarda o‘qotar qurol ko‘tarib olgan noma'lum shaxs zinadan tushib kelayotgani tasvirlangan.
«Agar bu shaxsni ko‘chada ko‘rib qolsangiz, darhol yashirining va politsiyaga qo‘ng‘iroq qiling», deyilgan xabarda.
Ayrim manbalar xabariga ko‘ra, bu shaxs qo‘riqchi tomonidan otib o‘ldirilgan.


Oxirgi ma'lumotlarga ko‘ra, terakt qurbonlari soni 18 nafarga yetgan. Shuningdek, shifoxonalarga 50 kishi jarohatlangan holda olib kelingan. Ularning aksari portlovchi qurilma qismlari bo‘lgan boltlar, vintlar va boshqa metall buyumlar sanchilishidan jarohatlangan.
Shahardagi barcha o‘quv muassasalari va bolalar bog‘chalari yopilgan.
Qrimda 3 kunlik motam e'lon qilingan.
Rossiya Tergov qo‘mitasi Jinoyat kodeksining 205-moddasi (Terrorchilik akti) bo‘yicha ish ochgan.
Mavzuga oid
11:54 / 21.01.2026
Lavrov Rossiyaning Qrimni qo‘shib olishini AQShning Grenlandiya bo‘yicha rejalari bilan taqqosladi
12:35 / 31.12.2025
FBK Putinning yana bir “saroyi”ni topdi - qo‘shib olingan Qrimda
15:22 / 24.12.2025
Qrim: mobil internet urush tugaguncha bloklanadi
20:40 / 15.12.2025