Jahon | 18:04 / 17.10.2018
8641
2 daqiqa o‘qiladi

OAV AQSh Suriyadagi harbiy missiyada nimaga e'tibor qaratishini ma'lum qildi

Foto: REUTERS

AQSh prezidenti Donald Tramp ma'muriyati Suriya hududida harbiy mojaroda ishtirok etishning yangi strategiyani ishlab chiqmoqda, deya xabar berdi NBC News yangi reja bilan tanish bo‘lgan beshta manbaga asoslanib.

Yangi strategiya Eron qurolli kuchlarini Suriyadan chiqarib tashlash muammosiga yanada ko‘proq e'tibor qaratadi. Ta'kidlanishicha, yangi reja to‘g‘ridan-to‘g‘ri eronliklarga qarshi yoki Eron askarlari yoxud ularning vositachilarini o‘ldirishga qaratilmagan. AQSh hozirgi strategiyasiga ko‘ra, amerikaliklar o‘zini himoya qilishi mumkin va tahdid paytida Eron harbiylariga zarba beradi. AQShning yangi rejasi Eron qurolli kuchlarini Suriyadan chiqarib yuborishga qaratilgan siyosiy va diplomatik sa'y-harakatlar, birinchi navbatda, ularni moddiy jihatdan siqib chiqarishni nazarda tutadi, deya qayd etadi NBC.

Biroq, Pentagon rasmiylari Tramp ma'muriyatining Eronga katta qiziqishidan xavotirda. Bu AQShni Suriyadagi harbiy mojaroga yanada chuqur tortishi mumkin, deb hisoblaydi AQSh mudofaa mahkamasidagi amaldorlar. AQSh harbiylarining ma'lum qilishicha, Suriyadagi Amerika harbiy missiyasi bundan keyin ham IShID terrorchilik tashkiloti bilan kurashishga katta e'tibor qaratadi, Eron bilan kurash ikkinchi o‘ringa tushadi. Shu bilan birga, Oq uy va Davlat departamenti Eronga qarshi kurashga katta e'tibor berib, uni iqtisodiy va diplomatik yo‘llar bilan siqib chiqarishga urinadi, deyiladi materialda.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq AQSh Suriyada ishlayotgan Eron va Rossiya kompaniyalariga qarshi sanksiyalar tayyorlayotgani xabar berilgandi.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid