AQŞ hukumati Eron bilan kuraşiş uçun yangi strategiyani işlab çiqmoqda, u Suriyada faoliyat yurituvçi Rossiya kompaniyalariga ta'sir qilişi mumkin. Bu haqda NBC telekanali manbalarga asosan xabar bermoqda.

Telekanal ma'lumotlariga köra, AQŞ hukumati Eron bilan töğridan-töğri töqnaşuvga tayyor emas va şuning uçun Eronga siyosiy hamda iqtisodiy bosimni kuçaytiriş imkoniyatlarini körib çiqmoqda. Bir neça manba sözlariga köra, Qöşma Ştatlar Eron va Rossiya qöşinlari nazorat qilayotgan Suriya hududlarini tiklaşda qatnaşayotgan kompaniyalarga nisbatan sanksiyalar joriy etiş niyatida.

«Şuningdek, Qöşma Ştatlar Suriyani qayta tiklaş ustida işlayotgan Rossiya va Eron kompaniyalariga qarşi sanksiyalar joriy etadi», - deya aytib ötişgan NBC’da.

Eslatib ötamiz, avvalroq AQŞ koalitsiyasi Suriyada oq fosforli snaryadlardan foydalangani haqida xabarlar tarqalgandi.