Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Samarqand viloyat hokimining sayyor qabulida 282 murojaat eshitildi
Samarqand viloyat hokimi vazifasini bajaruvchi Erkinjon Turdimovning navbatdagi sayyor qabuli Samarqand shahrida o‘tkazildi.
Sartepa massivida joylashgan Toshkent axborot texnologiyalari universiteti Samarqand filiali akademik litseyi hovlisida 14 oktabr kuni o‘tkazilgan tadbir 09:00da boshlanib, 14:30gacha davom etdi, deb xabar beradi Samarqand viloyat hokimligi rasmiy veb sayti.
Asosan, Samarqand shahri aholisi, shuningdek, viloyatning boshqa hududlaridan kelgan 300 nafarga yaqin fuqaroning har biri viloyat rahbariga «dardi»ni aytib, masalaga qonuniy yechim so‘radi. Qabulda viloyat hokimining o‘rinbosarlari, huquq-tartibot idoralari, viloyat tashkilotlari hamda Samarqand shahridagi sektor rahbarlari ham hozir bo‘lgani tufayli har bir murojaat mutasaddilar ishtirokida shu yerning o‘zida muhokama etildi.
Fuqarolar, asosan, kommunal xizmat, uy-joy, tadbirkorlik faoliyati uchun yer va kredit ajratish, ishga joylashish, imtiyozli tibbiy xizmatdan foydalanish masalalari, huquq-tartibot organlari faoliyati bo‘yicha murojaat qildi.
O‘rganish talab etadigan masalalar yuzasidan aniq muddat belgilanib, sayyor qabuldagi murojaatlarning natijasi bir haftadan so‘ng mutasaddilardan so‘ralishi ma'lum qilindi.
Mavzuga oid
17:20 / 13.01.2026
Xovosda fermerlarning yerlari ommaviy tortib olinyapti
17:08 / 04.12.2025
Erkinjon Turdimov Sirdaryo viloyati hokimi etib tasdiqlandi
15:41 / 02.09.2025
Maktab ta’miriga jalb etilgan o‘qituvchilar voqeasi ortidan Xovos tumani hokimi hayfsan oldi
18:18 / 29.08.2025