O‘zbekiston-Rossiya: havo makonidan foydalanish va qurolli kuchlarni rivojlantirish yo‘lida umumiy maqsadlar

O‘zbekiston va Rossiya mudofaa vazirlari tomonidan 2019 yilgi ikki tomonlama harbiy hamkorlik rejasi hamda O‘zbekiston Respublikasi va Rossiya Federatsiyasining harbiy havo kemalari tomonidan ikki mamlakat havo makonidan foydalanish bo‘yicha kelishuvlar imzolandi. Bu Mudofaa vazirligi Kun.uz’ga xabar bermoqda.
12 oktabr kuni O‘zbekiston va Rossiya mudofaa idoralari rahbarlari Toshkentda uchrashib, tomonlar ikki mamlakatning mudofaa sohasiga oid masalalarini hamda o‘zaro hamkorlikni rivojlantirish istiqbollarini muhokama qilgandi. Abdusalom Azizov Rossiya mudofaa vaziri bilan suhbatda rossiyalik harbiy mutaxassislar bilan qo‘shma tadbirlarni o‘tkazish muhim ahamiyatga ega ekanligini qayd etib o‘tgan. Uchrashuv yakuniga ko‘ra, harbiy havo kemalari tomonidan ikki mamlakat havo makonidan foydalanish bo‘yicha kelishuvlar imzolangani ma'lum qilindi.
Oxirgi marta, vazirlar Toshkentda, shu yilning 21 may kuni Rossiya Federatsiyasi Mudofaa vaziri, armiya generali Sergey Shoygu boshchiligidagi harbiy delegatsiya rasmiy tashrifi doirasida uchrashgandi. Tomonlar mudofaa sohasidagi hamkorlik va uning istiqbollarini muhokama qilib, harbiy-texnika yo‘nalishida o‘zaro aloqalarni mustahkamlash bo‘yicha fikr almashishgan.
Bir yil muqaddam Jizzax viloyatidagi «Forish» tog‘ dala o‘quv maydonida 12 yil ichida ilk marotaba Rossiya Federatsiya hamda O‘zbekiston Respublikasi qurolli kuchlari bo‘linmalari o‘rtasida qo‘shma mashg‘ulot o‘tkazilgandi. O‘zbekiston—Rossiya o‘rtasidagi so‘nggi o‘quv mashg‘ulotlari aynan mana shu poligonda 2005 yilda tashkil etilgandi. Katta tanaffusdan keyin qo‘shma mashg‘ulotda ikki mamlakatdan jami 400 nafarga yaqin harbiy xizmatchi ishtirok etdi.
2017 yilning o‘zida yana ikkita diqqatga sazovor hodisa ro‘y berdi: birinchidan, O‘zbekiston Respublikasining Rossiya Federatsiyasidagi elchixonasi qoshida harbiy attashe lavozimi joriy etildi. Ikkinchidan, mintaqada xavfsizlikni ta'minlash masalalariga bag‘ishlangan O‘zbekiston–Rossiya maslahatlashuvlarining 5-bosqichi Toshkentda bo‘lib o‘tdi.
2000 yildan boshlab O‘zbekiston va Rossiya o‘rtasidagi harbiy hamkorlik ikki davlat mudofaa vazirliklari o‘rtasida har yili imzolanadigan Harbiy hamkorlik rejasi asosida amalga oshiriladi. Mazkur kelishuvlarni amalga oshirish yo‘lida tomonlar tezkor va jangovar tayyorgarlik, ta'lim, harbiy xizmatchilarning malakasini oshirish, harbiy kadrlarni tayyorlash, zamonaviy axborot kommunikatsiya texnologiyalari, havo kemalari harakatini boshqarish va parvozlar xavfsizligini ta'minlash, harbiy-texnik hamkorlikni rivojlantirish kabi yo‘nalishlarda ko‘plab tadbirlarni tashkil etib kelmoqda. O‘tgan davr mobaynida ikki mamlakat hududida 300 ga yaqin hamkorlik tadbirlari o‘tkazilgan.
Tavsiya etamiz
Muddat qo‘yuvchi Tramp: buning oxiri bormi?
Jahon | 22:09 / 24.04.2025
Toshkentda avtomobilni ro‘yxatdan o‘tkazish uchun onlayn ariza berish mumkin bo‘ldi
O‘zbekiston | 20:34 / 24.04.2025
Stomatologiya poliklinikalari xususiylashtiriladi
O‘zbekiston | 10:56 / 24.04.2025
Bojxonadagi cheklovlar: fuqaro bojni to‘lay olmasa, nima bo‘ladi?
O‘zbekiston | 22:43 / 23.04.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Qiynoqqa solish holatlari to‘g‘risidagi murojaatlarni tezkor tekshirish mexanizmi joriy etiladi
O‘zbekiston | 14:12
-
Toshkent viloyatida OITS tarqatilishi bilan bog‘liq ikkita jinoiy holat aniqlandi
Jamiyat | 13:57
-
Pistorius: Trampning Ukraina bo‘yicha taklifi kapitulyatsiyaga o‘xshaydi
Jahon | 13:52
-
NHH loyihalarini ilmiy ekspertizadan o‘tkazish tartibi belgilandi
O‘zbekiston | 13:47
Mavzuga oid

08:35 / 01.05.2022
O‘zbekiston harbiy dronlari Afg‘oniston havo hududini buzib o‘tgani haqida xabarlar haqiqatga to‘g‘ri kelmaydi – Mudofaa vazirligi

18:40 / 02.03.2022
O‘zbekiston harbiy xizmatchilari xorijdagi jangovar harakatlarda ishtirok etmaydi - Mudofaa vazirligi

15:07 / 22.04.2021
Foto: AQShda o‘zbek harbiylari «Ilg‘or jangchi» musobaqasining ikkita sharti bo‘yicha rekordlarni yangiladi

22:39 / 29.10.2019