Musobaqada murakkab sun'iy tösiqlar yölagidan ötiş, uzoq masofaga marşni amalga oşiriş, jang şaroitida yaradorga tez tibbiy yordam körsatiş hamda iştirokçilarning tungi şaroitda harbiy topografiya böyiça bilim va mahoratlari sinovdan ötkazildi. Bu haqda Mudofaa vazirligi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar departamenti Kun.uz'ga ma'lum qildi.

10 ga yaqin tösiqlarni özida jamlagan, uzunligi 900 metr bölgan yölakdan ötiş bahslarida Özbekiston vakillari ham muvafaqqiyatli iştirok etib, bu şartda yana bir bor ğolib çiqdi.
Balandligi 8 metr bölgan murakkab şakldagi yoğoç tösiqqa çiqiş va törli arqondan foydalanib undan tuşiş, kengligi çamasi 20 metr bölgan suv havzasidan arqon yordamida ötiş, notekis va nostandart muvozanatga ega turli sun'iy tösiqlardan ötiş kabi majmuaviy maşqlarda kiçik serjant Xayrullo Olimov 9 daqiqa-yu 20 soniya vaqt sarflab, musobaqa rekordini yangiladi.

Musobaqaning keyingi şartida iştirokçilardan 18 kg yuk bilan belgilangan vaqt oraliğida 20 kilometrlik masofani bosib ötiş talab etildi. Mazkur şartda Özbekistonning har ikki harbiy xizmatçisi ham raqiblaridan ildam harakatlanib, marra çiziğini 2 soat-u 2 daqiqada bosib ötib, musobaqa natijalarini yangilaşga erişdi.

Jang maydonida tibbiy yordam körsatiş maşqida iştirokçilar 4 ta öquv savoli böyiça sinovdan ötişdi. Unga köra, 4 nafar turli körinişdagi yaralangan jangçilarni jang maydonidan olib çiqiş, ulardagi şikastlaniş darajasini aniqlaş, taşqi hayot belgilariga qarab birinçi tibbiy yordam körsatiş, şuningdek, yopiq yoki oçiq siniş kabi jarohat olganlarga tezkor muolaja qiliş hamda ularni xavfsiz hududga evakuatsiya qiliş vazifalarini bajarişdi.

Musobaqaning sönggi bosqiçida iştirokçilar turli rusumdagi qurollardan öt oçiş, artilleriya olovini yönaltiriş hamda test sinovlarida bellaşadi.

Eslatib ötamiz, 2021 yil 18 aprel kuni start olgan uşbu musobaqalarda Özbekiston Mudofaa vazirligi harbiy xizmatçilari – III darajali serjant Dilmurod Sulaymonov va kiçik serjant Xayrullo Olimovlar estefeta hamda uzoq masofaga yuguriş şartlarida ham şu kungaça qayd etilgan musobaqa rekordini yangilagan.

















