Özbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi ayrim OAV va ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan Özbekistonga tegişli uçuvçisiz boşqariladigan uçiş apparatlari Afğoniston havo makonini buzib ötgani haqidagi xabarlarni rad etdi.

«Bu kabi tarqatilayotgan xabarlar mutlaqo haqiqatga töğri kelmaydi. Özbekiston Respublikasi harbiy-havo kuçlari tomonidan qöşni davlatlar havo makonini buziş holatlari bölmagan.

Şuningdek, Özbekiston Respublikasi havo hujumidan mudofaa qöşinlari qöşni davlatlar aviatsiyasi tomonidan mamlakatimiz havo makonining buziliş holatlarini qayd etmagan.

Özbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligining uçuvçisiz boşqariladigan, qiruvçi va işğol aviatsiyasi qat’iy belgilangan tartibda jangovar navbatçilik ötamoqda», deyiladi vazirlik bayonotida.

Avvalroq «Sputnik Afganistan» naşri özbekistonlik harbiylarning uçuvçisiz uçiş qurilmasi Afğoniston havo kengligida qayd etilgani haqida xabar qilgandi.

Eslatib ötamiz, aprel oyining ikkinçi yarmida Afğoniston şimolidan turib Özbekistonning Termiz şahri atrofidagi hududlarga snaryadlar uçirilgani haqida xabarlar tarqalgan, Özbekiston tomoni bu miş-mişlar haqiqatga töğri kelmasligini ma’lum qilgan edi.

30 aprel kuni Afğonistonning Hayraton şahrida Özbekiston xalqi nomidan birodar afğon xalqiga umumiy oğirligi 4 ming tonnadan ziyod insonparvarlik yordami topşirildi.