Özbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi özbekistonlik harbiylarining xorijiy davlatlar armiyasiga jalb qilingani haqida xabarlar yuzasidan rasmiy bayonot berdi.

«Özbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 125-moddasiga muvofiq, Özbekiston Respublikasi Qurolli Kuçlari Özbekiston Respublikasining davlat suverenitetini va hududiy yaxlitligini, aholining tinç hayoti va xavfsizligini himoya qiliş uçun tuziladi.

Mudofaa doktrinasiga köra, Özbekiston Respublikasining mudofaa sohasidagi siyosati boşqa davlatlarning içki işlariga aralaşmaslik, ehtimol tutilgan nizolarni tinç yöl bilan hal etiş tamoyillariga asoslanadi.

Özbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksida çet davlatlarning harbiy xizmatiga, xavfsizlik, politsiya, harbiy adliya organlari yoki şunga öxşaş boşqa organlariga xizmatga kiriş, yollaniş böyiça jinoiy javobgarlik belgilangan.

Yuqoridagi ma’lumotlarga asoslanib qayd etiş mumkinki, Özbekiston Respublikasi, şu jumladan Özbekiston harbiy xizmatçilari mamlakatdan taşqaridagi harbiy harakatlarda iştirok etmaydi. Özbekistonda xorijiy davlatlar tomonidan harbiy xizmatga yollaş boşlangani haqida tarqalgan ma’lumotlar heç qanday asosga ega emas», - deyiladi Mudofaa vazirligining rasmiy bayonotida.

  • 28 fevral kuni Daryo.uz naşriga intervyu bergan Özbekistonning Ukrainadagi elçisi Alişer Kurmanov elçixonaga jangovar harakatlarda iştirok etgan yoki jarohatlangan özbeklar haqida ma’lumot kelib tuşmaganini ta’kidlagan.
  • Şuningdek, 25 fevral kuni ijtimoiy tarmoqlarda özbek tilida sözlovçi haydovçi bortida rossiyalik harbiylar mavjud bölgan yuk avtomobilini Donbass hududiga haydab ketayotgani tasvirlangan video tarqalgan edi.
  • Nastoyaşçeye Vremya naşri esa xorijiy naşrlarga tayanib, Rossiya özbekistonlik migrantlarni jangovar harakatlarga jalb qilayotgani haqida xabar bergan.
  • Avvalroq, Adliya vazirligi ham Özbekiston fuqarolarining çet davlatlar harbiylaşgan va kuç işlatar tuzilmalariga xizmatga yollanişi jinoiy javobgarlikka sabab bölişi eslatgan edi.