Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekiston va Ozarboyjon mudofaa vazirlari o‘zaro harbiy hamkorlik rejasini imzoladi
30 oktabr kuni Boku shahrida Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligiga a'zo mamlakatlar mudofaa vazirlari kengashining navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tadi.
O‘zbekiston mudofaa vaziri general-mayor Bahodir Qurbonov rahbarligidagi harbiy delegatsiya Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligiga a'zo mamlakatlar mudofaa vazirlari kengashining navbatdagi yig‘ilishida ishtirok etish uchun Ozarboyjonga keldi.
Bugun, 29 oktabr kuni general-mayor Bahodir Qurbonov Ozarboyjon mudofaa vaziri general-polkovnik Zakir Gasanov bilan ikki tomonlama uchrashuv o‘tkazdi, deb xabar berdi Mudofaa vazirligi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar departamenti.

Uchrashuv davomida harbiy sohada ikki tomonlama hamkorlikni rivojlantirish istiqbollari muhokama qilindi. Shuningdek, O‘zbekiston va Ozarboyjon mudofaa idoralari rahbarlari 2020 yilga mo‘ljallangan ikki davlat Mudofaa vazirliklari o‘rtasida harbiy hamkorlik rejasini imzoladilar.

30 oktabr kuni Boku shahrida Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligiga a'zo mamlakatlar mudofaa vazirlari kengashining navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tadi.
Unda Rossiya, Armaniston, Belarus, Qozog‘iston, Ozarboyjon, Qirg‘iziston, Tojikiston va O‘zbekiston mudofaa idoralari rahbarlari ishtirok etadi.
Mavzuga oid
14:14 / 22.06.2026
Ozarboyjon elchisiga «Mehnat shuhrati» ordeni topshirildi
19:01 / 16.06.2026
Shavkat Mirziyoyev Ozarboyjon bosh vaziri bilan hamkorlik masalalarini muhokama qildi
22:08 / 18.05.2026
Shavkat Mirziyoyev Bokuda Ilhom Aliyev bilan uchrashdi
20:25 / 17.05.2026