Jahon | 22:33 / 18.10.2018
4338
2 daqiqa o‘qiladi

AQSh moliya vaziri jurnalistning yo‘qolishi sababli Ar-Riyodga safarini bekor qildi

AQSh moliya vaziri Stiven Mnuchin Saudiya Arabistonida o‘tadigan investitsiyaviy anjumanga bormaydigan bo‘ldi. 

Ushbu qarorga The Washington Post nashri jurnalisti Jamol Qoshiqchining Saudiya Arabistonining Istanbuldagi konsulligida yo‘qolganidan keyin kelingan. 

“Hozirgina AQSh prezidenti Donald Tramp va bosh kotib Mayk Pompeo bilan uchrashdim va biz Saudiya Arabistonidagi Future Investment Initiative sammitida ishtirok etmasligimga qaror qildik”, deb yozgan Mnuchin.

Avvalroq anjumanda bir qator rasmiy shaxslar va kompaniyalar, jumladan, Google vitse-prezidenti Diana Grin, Ford Motor Company direktorlar kengashi raisi Bill Ford, JPMorgan Chase rahbari Jyeyms Daymon, Xalqaro valyuta jamg‘armasi rahbari Kristin Lagard ishtirok etishdan bosh tortgandi. 

Shuningdek, Uber, Viacom va AOL kompaniyalari sammitda ishtirok etishdan, AQShning CNN, The Financial Times, The New York Times, CNBC va Bloomberg nashrlari esa uni yoritishdan bosh tortgan.

Jurnalist Saudiya Arabistonining Istanbuldagi konsulligida o‘ldirilgani taxmin qilinmoqda. 

“Cho‘ldagi Davos” kabi ma'lum bo‘lgan sammit 23-25 oktabr kunlari bo‘lib o‘tishi rejalashtirilgan. 

Mavzuga oid