Markaziy bankning respublika oltin-valuta zaxiralari töğrisida bergan oxirgi ma'lumotiga köra, Özbekiston oltin-valuta zaxiralari kamaydi.

Yalpi oltin-valuta zaxiralari 26,4 mlrd dollarni taşkil etdi (sentyabrda 26,8 mlrd dollar edi). Ulardan xorijiy valutadagi aktivlar - 12,4 mlrd dollar (bir oy avval 12,9 mlrd dollar bölgan), monetar oltin - 13,9 mlrd dollar (sentyabrda 13,9 mlrd dollar bölgan).

Sof oltin-valuta zaxiralari 25,4 mlrd dollarga teng bölib turibdi (bir oy avval 25,9 mlrd dollar bölgan).

Markaziy bank izohiga köra, joriy yilning yanvar-sentabr oylarida oltin-valuta zaxiralarining pasayişi oltin narxining 1296,50dan 1183,50 doll/tr. unsiyaga pasayişi hisobiga yuzaga keldi.

Xöş, oltin-valuta zaxiralari özi nima va uning mamlakat iqtisodiyotida tutgan örni qanday?

Davlatning rasmiy zaxirasi

Oltin-valuta zaxiralari davlatning yuqori likvidligi bilan ajralib turuvçi aktivlaridir. Ular maxsus davlat strukturalari (davlat ğaznasi va markaziy banklari, AQŞda Federal zaxira tizimi) tomonidan nazorat qilinadi. 

Oddiy söz bilan aytganda, oltin-valuta zaxiralari davlatning oltin va boşqa mamlakatlar valutalaridagi rasmiy zaxirasidir.  

Oltin-valuta zaxiralari nimalardan taşkil topadi?

- Oltin-valuta zaxiralari qimmatbaho metallar (quyma oltin, tanga, platina, palladiy, kumuş) va qimmatbaho toşlardan;

- davlatlararo miqyosda zaxira valutasi sifatida tan olingan xorijiy pul vositalaridan (AQŞ dollari, yevro, şveysar franki yapon iyenasi, funt-sterling);

- XVJ (Xalqaro valuta jamğarmasi) çiqaradigan naqdsiz pul birliklaridan taşkil topadi.

Bu pul birliklari moddiy jihatdan mavjud bölmaydi. Bu vositalar hukumatning maxsus hisoblarida yozilgan böladi. Ulardan xalqaro qarzlarni uzişda, milliy valuta kursini töğrilaşda, XVJ bilan hisob-kitoblarda foydalaniladi.

Şuningdek, XVJdagi zaxira pozitsiyasi ham mavjud bölib, bu zaxira miqdori mamlakatning XVJga kirayotganida tölagan badal puli miqdoriga teng böladi. Agarda XVJning biror a'zosi pulga muhtoj bölib qolsa, XVJ unga moliyaviy yordam sifatida öşa badal pulini qaytarib beradi.