Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
OTM o‘qituvchilari ish rejasi, xorijiy darsliklarni tahrir qilish va ekspertizadan o‘tkazish bo‘yicha stavkalar tasdiqlandi
Oliy ta'lim muassasalari professor-o‘qituvchilar tarkibining faoliyati, o‘quv jarayonini takomillashtirish, ularni o‘quv adabiyotlari bilan ta'minlashga doir normativ-huquqiy hujjatlar qabul qilindi, deb yozmoqda Norma.
Oliy ta'lim muassasasi o‘qituvchisining ish rejasiga nimalar kiradi
Oliy va o‘rta maxsus ta'lim vazirining buyrug‘i bilan oliy ta'lim muassasalari professor-o‘qituvchilar tarkibining o‘quv yuklamasi va boshqa turdagi ishlarini belgilovchi yangi tartib tasdiqlandi. Avvalgi tartib o‘z kuchini yo‘qotdi.
Ilgari o‘qituvchilarning ish rejasi o‘quv, ilmiy-tadqiqot, tashkiliy-metodik va ma'naviy-tarbiyaviy ishlardan tashkil topgan. Endi rejaga o‘quv yuklamasi, ilmiy-tadqiqot va «ustoz-shogird» ishlari kiritiladi.
O‘quv yuklamasi hajmi hujjatda ko‘rsatilgan, turli o‘quv jarayonlari: ma'ruzalar, seminarlar, kurs ishlari va boshqalarga ajratilgan vaqt me'yorlariga qarab hisoblanadi. Bir yilda o‘quv soatlari hajmi 400 soatdan kam bo‘lmasligi tavsiya etilgan.
Ma'ruzalarni ilmiy unvon va ilmiy darajaga ega bo‘lgan professor-o‘qituvchilar o‘qiydilar. Professor, dotsent va katta o‘qituvchilar yetarli bo‘lmaganda, shuningdek o‘quv mashg‘ulotlari hajmi ko‘p bo‘lganda ma'ruza mashg‘ulotlarini unvon va darajalari bo‘lmagan o‘qituvchilar o‘tkazishlari mumkin. Agar ilgari ilmiy darajasi bo‘lmagan o‘qituvchilarning ma'ruza mashg‘ulotlarini o‘tish yuklamasi yiliga 100 soatdan oshmasligi kerak bo‘lsa, endi ularga bir yilda 250 soatgacha hajmda ma'ruza o‘qishlariga ruxsat berildi.
O‘zgartirishlar Toshkent davlat yuridik universiteti, harbiy oliy ta'lim muassasalari va respublika hududida o‘z faoliyatini yuritayotgan xalqaro va xorijiy oliy ta'lim muassasalariga nisbatan tatbiq etilmaydi.
Qishloq xo‘jaligi blokida bitta o‘qituvchi hisobiga qancha talaba to‘g‘ri keladi
Ta'lim sohalari bo‘yicha «qishloq xo‘jaligi» blokida bir nafar o‘qituvchi hisobiga to‘g‘ri keladigan talabalar soni nisbatining normativlariga tuzatishlar kiritildi.
Ya'ni 2019/2020 o‘quv yilida o‘qituvchilarning cheklangan soni oshmaydi, 2020/2021 o‘quv yilida rejalashtirilganidan kamroq oshadi, faqat 2021/2022 o‘quv yilidan boshlab pedagoglar soni talabalar soniga nisbatan oshiriladi.
Xorijiy adabiyotllarni tahrir qilganlik va ekspertizadan o‘tkazganlik uchun o‘qituvchilarga qancha haq to‘lanadi
Vazirlar Mahkamasining oliy ta'lim muassasalarini o‘quv adabiyotlari bilan ta'minlashga doir 10.10.2018 yildagi 816-son qarori qabul qilindi. Hujjat bilan quyidagi tartibni belgilovchi nizomlar tasdiqlandi:
• oliy ta'lim muassasalarida foydalanish uchun xorijiy o‘quv va ilmiy adabiyotlar ro‘yxatini shakllantirish, ularni xarid qilish va foydalanish;
• xorijiy o‘quv va ilmiy adabiyotlarni tarjima va tahrir qilish hamda ekspertizadan o‘tkazishni amalga oshiradigan mutaxassis va professor-o‘qituvchilar mehnatiga haq to‘lash;
• oliy ta'lim muassasalarini o‘quv adabiyotlari bilan ta'minlash hamda darsliklar va o‘quv qo‘llanmalarini yangilab borish.
Shuningdek oliy va o‘rta maxsus, kasb-hunar ta'limi tizimi uchun o‘quv adabiyotlarini yaratishga qo‘yilgan talablar tasdiqlandi.
Xorijiy adabiyotlarni tarjima va tahrir qilish hamda ekspertizadan o‘tkazish maqsadida oliy ta'lim muassasasi professor-o‘qituvchilar tarkibidan iborat mutaxassislarning ishchi guruhlari tashkil etiladi. Ularning xizmatlariga fuqarolik-huquqiy tusdagi shartnoma asosida haq to‘lanadi.
Buning uchun nashr etiladigan bitta asar kesimida to‘lanadigan haqning minimal stavkasi belgilandi. O‘lchov birligi sifatida 40 000 bosma belgidan iborat mualliflik tabog‘i olinadi. Bitta shunday taboqqa EKIHga 1,2 koeffitsiyent bo‘yicha haq to‘lanadi.
Xorijiy adabiyotlarni tarjima qilganlik uchun prezidentning 14.08.2017 yildagi PQ–3201-son qarori bilan tasdiqlangan stavkalarda haq to‘lanadi.
Mavzuga oid
15:20 / 19.06.2026
Samarqandda maktab o‘quvchisi o‘z joniga qasd qildi. U sinf rahbari tomonidan kaltaklangani aytilmoqda
22:49 / 30.05.2026
“Armiya himoyasidagi” pedagoglar va kichik biznes uchun soliq islohoti - hafta dayjesti
16:49 / 30.05.2026
“Bolaga hatto ota-onaning kuchi yetmayapti” - maktablardagi intizom haqida suhbat
17:31 / 26.05.2026