Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Afg‘onistonda parlament saylovlari boshlandi
Foto: AFP
Afg‘oniston prezidenti Ashraf G‘ani Qobuldagi saylov uchastkalaridan birida mamlakat parlamentiga saylovlarda ovoz berib saylovga start berdi.
"Har bir afg‘onistonlikdan bugun ovoz berish huquqidan foydalanishini so‘rayman. Bu sizning huquqingiz va faxriy burchingizdir", — dedi u.
Bu yil Ulusi Jirg‘adagi deputatlik o‘rinlari uchun 2,5 mingdan ortiq nomzod kurashadi. Ularning 205 nafari 26ta siyosiy partiyadan ko‘rsatilgan bo‘lsa, qolganlar mustaqil nomzodlardir. Saylovlar Afg‘onistondagi 34 viloyatdan 32tasida o‘tkaziladi – G‘azni viloyatida saylovlar 2019 yil bahorida va Qandahorda bir haftadan so‘ng bo‘lib o‘tadi.
Mamlakat bo‘yicha bugungi saylovlarda jami 7,5 mingta saylov uchastkasidan 5 mingtaga yaqini ishlaydi – qolganlari xavfsizlik nuqtai nazaridan ishlamaydi. Saylovlarning dastlabki natijalari noyabrning birinchi o‘n kunligida, yakuniy natijalari esa 20 dekabrda e'lon qilinadi.
Mavzuga oid
12:23 / 02.05.2026
Avstriya afg‘on muhojirlarini O‘zbekiston orqali deportatsiya qilishni rejalashtiryapti
11:34 / 28.04.2026
“Imperiyalar qabristoni” – nega yirik davlatlar Afg‘onistonni bo‘ysundira olmagan?
23:39 / 27.04.2026
Pokiston afg‘on universitetini o‘qqa tutdi: 7 kishi halok bo‘ldi, o‘nlab kishilar yaralandi
11:30 / 23.04.2026