YeXHT bir soat ichida Donbassdagi harbiy harakatlarni to‘xtatish mumkinligini ma'lum qildi
YeXHTning Ukrainadagi Maxsus monitoring missiyasi rahbarining birinchi o‘rinbosari Aleksandr Xug so‘zlariga ko‘ra, Donbassdagi harbiy harakatlarni bir soat ichida to‘xtatish mumkin. Bu haqda u «Amerika ovozi»ga bergan intervyusida aytib o‘tgan.
Xugning so‘zlariga ko‘ra, mintaqadagi mojaroning yakun topishi uchun hududlar iqtisodiy tiklanishi va minalardan tozalashga ketadigan vaqtdan ancha ko‘prog‘i talab etiladi. Xugning ta'kidlashicha, hozirgi vaqtda tinchlik rejimini mojaroda ishtirok etayotgan har ikki tomon ham buzmoqda, buning oldini olish uchun ikki tomonning qadamlari zarurdir.
Xugning fikriga ko‘ra, Donbassdagi ziddiyat mintaqadagi barcha bolalar hayotida «hech qachon yo‘qolmaydigan izlar» qoldiradi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq YeXHT Rossiyadan Donbassga yo‘l olayotgan zenit qurilmasini ko‘rsatgandi.
Ukrainadagi YeXHTning Maxsus monitoring missiyasining kuzatuvchilari Rossiyadan Donbassga yo‘l olayotgan yuk mashinalari kolonnasini aniqlashdi, ulardan biri zenit qurilmasini olib ketayotgan bo‘lgan.
Mavzuga oid
22:44 / 13.11.2024
Tramp ma’muriyatida Ukraina bo‘yicha maxsus vakil bo‘ladi - OAV
21:24 / 13.11.2024
Kuraxovodagi ukrain garnizoni qurshovga tushishi mumkin. Frontdagi eng murakkab yo‘nalishlardan birida nimalar bo‘lmoqda?
18:53 / 13.11.2024
Boris Jonson Ukrainaga britan harbiylari yuborilishi shartini aytdi
14:54 / 13.11.2024