Ukrainadagi YeXHTning Maxsus monitoring missiyasining kuzatuvçilari Rossiyadan Donbassga yöl olayotgan yuk maşinalari kolonnasini aniqlaşdi, ulardan biri zenit qurilmasini olib ketayotgan bölgan. Ma'lumot YeXHT Maxsus monitoring missiyasining Facebook’dagi sahifasida joylaştirildi.

Foto: Facebook/OSCE SMM

«Ukraina hukumati nazorati ostida bölmagan Donetsk oblasti tumanida, Rossiya Federatsiyasi bilan çegarada unça uzoq bölmagan masofada Maxsus monitoring missiyasining uzoq radiusdagi uçuvçisiz uçar qurilmasi yana yuk maşinalari kolonnasini aniqladi. Ular tun yarmida tuproq yöldan harakatlangan, sababi bu yönalişda çegara-ötkaziş punktlari yöq. Yuk maşinalaridan biri zenit qurilmasini olib ketayotgan bölgan», - deyiladi missiya xabarida.

Kuzatuvçilarning körsatişiça, taqdim etilgan suratlarda 23 millimetrli zenit qurilmasi mavjud (ZU-23-2). Şuningdek, bildirilişiça, missiya avval ham yopiq yuk maşinalari kolonnasini qayd etgan, ular bu hududda Ukraina hududiga kirgan va çiqib ketgan.

Eslatib ötamiz, avvalroq Ukraina vaziri fuqarolarga «Moskvani qaytariş» taklifi bilan çiqqandi.