Amerikalik senator AQShning raketalar bo‘yicha kelishuvdan chiqish qarorini tanqid qildi
Amerikalik senator Rend Pol AQShning Rossiya bilan o‘rta va kichik masofalarga mo‘ljallangan raketalarni yo‘q qilish bo‘yicha shartnomadan chiqish qarorini tanqid qildi. Uning fikricha, bu qurollanishni nazorat qilish bo‘yicha o‘n yillik ishni barbod qiladi.
"Mana nima uchun Jon Boltonni tashqi siyosatga aralashtirmaslik kerak edi. bu Reygan davrida o‘rnatilgan o‘n yillik ikki tomonlama nazoratni yo‘qqa chiqaradi. Biz bunday qilmasligimiz kerak. Biz bu shartnoma bilan bog‘liq har qanday muammoni hal qilishga urinishimiz va oldinga harakatlanishimiz kerak", — deb yozdi Pol Twitter’da.
Shanba kuni Donald Tramp Vashington Sobiq ittifoq bilan tuzilgan O‘rta va kam masofalarga mo‘ljallangan raketalarni yo‘q qilish kelishuvidan chiqishini ma'lum qildi. Trampning aytishicha, AQSh kelishuvga to‘liq amal qilmoqda, biroq Rossiya uning shartlarini bajarmayapti.
Oxirgi vaqt Rossiya va AQSh bir-birini kelishuvni buzishda ayblab kelgan. AQSh kongressida Rossiyaga qarshi ayblovlarni mustahkamlovchi hujjat ishlab chiqish taklif qilingan. Bu Vashingtonga raketalar hujumiga qarshi mudofaa kelishuvidan chiqqandek ushbu kelishuvdan chiqish imkonini berishi aytilgan.
Moskva o‘z navbatida kelishuvning barcha shartlariga amal qilib kelayotganini ko‘plab marta ta'kidlab o‘tgan va AQShga kelishuvning ba'zi bandlari bajarilishi bo‘yicha jiddiy savollarga egaligini aytgan.
Kelishuv 1987 yilda Mixail Gorbachev va Ronald Reygan tomonidan imzolangan. Hujjat uchish uzoqligi 500 kmdan 1000 kmgacha va 1000 kmdan 5500 kmgachani tashkil qiluvchi raketa qurollarining butun bir sinfini qisqartirishni ko‘zda tutgan.
1991 yilda kelishuv to‘liq bajarilgan. Sobiq ittifoq kelishuv doirasida 1752 ta, AQSh esa 859 ta ballistik raketani yo‘q qilgan.
Mavzuga oid
23:20 / 13.11.2024
Polshada AQShning raketaga qarshi mudofaa bazasi ochildi
22:44 / 13.11.2024
Tramp ma’muriyatida Ukraina bo‘yicha maxsus vakil bo‘ladi - OAV
22:14 / 13.11.2024
Tramp lavozim taqsimlamoqda: Pentagon jurnalistga, Maskka yangi departament
15:44 / 13.11.2024